Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Lasio 1-1 Komo
11/01 01:00 Rayo Valyekano 2-1 Selta
11/01 18:00 Alaves 0-1 Jirona
11/01 19:00 Empoli 1-3 Lechche
11/01 19:00 Udineze 0-0 Atalanta
11/01 20:15 Valyadolid 1-0 Betis
11/01 22:00 Torino 1-1 Yuventus
11/01 22:30 Espanyol 1-1 Leganes
12/01 00:45 Milan - Kalyari
12/01 01:00 Sevilya - Valensiya
12/01 16:30 Jenoa - Parma
12/01 18:00 Las-Palmas - Xetafe
12/01 19:00 Venetsiya - Inter
12/01 20:15 Atletiko - Osasuna
12/01 22:00 Bolonya - Roma
13/01 00:45 Napoli - Verona

O‘zbekiston nima uchun 25 ta klubni lisenziyalashga jalb qildi?

O‘zbekiston nima uchun 25 ta klubni lisenziyalashga jalb qildi?

Baho:
+ | -

Aslida faqatgina xalqaro maydonda to‘p suradigan klublar bilangina cheklanish mumkin. Biroq 2020 yilga kelib milliy lisenziyalash talablari OFK lisenziyalash talablariga moslab chiqildi. Shu yo‘l orqali O‘zPFL futbol klublar infratuzilmasi va tashkiliy shaklini bosqichma-bosqich OFK talablariga moslashtirdi.

Bu o‘z navbatida Superliga va Pro liganing yetakchi klublariga lisenziyalash jarayonidan oson o‘tish imkoniyatini taqdim etdi. Chunki Liga yil davomida futbol klublarini mazkur jarayonga tayyorlab keladi. O‘z vaqtida "Nasaf" kabi yetakchi klublarimiz ham ketma-ket ikki yil OFK lisenziyalash talablarini bajara olmagan bo‘lsa, bugunga kelib bu borada muammo yo‘q. Liga va professional futbol klublari bir yoqadan bosh chiqarib, muammolarni yengib o‘tyapti.

Bunda Liga faqatgina katta klublar bilangina cheklanib qola olmaydi. Superliga va Pro liga vakillari sonini bosqichma-bosqich oshirib borish uchun bizga lisenziyalash talablariga javob bera oladigan qator klublar kerak bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, da’vogarlar sonining va albatta lisenziyalash jarayonidan o‘tayotgan klublar sonining oshib borishi, ular bir necha yillar davomida barqaror faoliyat olib borishi ichki chempionatda raqobat muhitini yanada oshiradi.

Ma’lumot uchun, 2020 yildan boshlab lisenziya uchun da’vogarlar soni mos ketma-ketlikda oshib bordi: 14 ta, 22 ta, 25 ta. Lisenziyaga ega chiqqan klublarda ham shunday: 7 ta, 12 ta, 17 ta.

Yaponiya va Janubiy Koreyada ko‘rsatkich nima uchun kamroq bo‘ldi?

Aslida bu ikki mamlakat futbol klublari lisenziyalash jarayonida Osiyo yetakchilari hisoblanadi. Bir yil avval Yaponiyaning 54 ta klubi, Janubiy Koreyaning esa 18 ta klubi lisenziyaga ega chiqqandi. O‘zbekiston esa 12 ta ko‘rsatkich bilan ulardan keyingi o‘rinni egalladi.

Bir qarashda joriy mavsum ham ular buni takrorlashi mumkin edi. Biroq Yaponiya ham, Janubiy Koreya ham lisenziyalashga asosan Chempionlar ligasida ishtirok etadigan klublarinigina jalb qildi. Yaponiya va Janubiy Koreyada mavsum O‘zbekistondagi kabi bahor-kuz tizimida o‘tkaziladi. OFK mavsumiy taqvimini aynan shu yildan o‘zgartirayotganidan kelib chiqib, qit’aning ikki yetakchi mamlakati shunday yo‘l tutdi. Aslini olganda esa ular o‘z klublariga qo‘yadigan talab OFK talablaridan kuchliroq ham hisoblanadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 15:12, 17.06.2023.
O'qildi: 2412 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.