“Roma” va O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov o‘tgan mavsumdagi o‘yini haqida fikr bildirdi va kelajagi haqida gapirdi.
U mavsumni Rim klubida boshladi, qishda u "Spesiya"ga ijaraga berildi.
"Spesiya"da ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmadim. Hammasi biz xohlagandek bo‘lmagani va klub B Seriyaga tushib ketgani achinarli. Ayni damda klub bilan kelishuvim yakuniga yetdi. Hammasi qachon hal bo‘lishini aniq bilmayman, lekin bu albatta tanaffusdan keyin bo‘ladi”, — dedi Shomurodov Metaratings.ru'ga.