Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 20:00 Argentina 2-0 Xorvatiya
27/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

"Napoli" yangi murabbiy qo‘l ostida

"Napoli" yangi murabbiy qo‘l ostida

Baho:
+ | -

Spalettining ketishi bir necha hafta muhokama qilindi

Voqealarning bunday rivojlanishini hech kim kutmagan edi. Neapolliklar yakuniga yetgan mavsumda o‘zining eng yorqin o‘yinlarini ko‘rsatdi. Hattoki, chempionlikni 5 tur qolganda, 4 may kuni "Udineze" bilan o‘yindagi durangda hal qildi.

Kutilmaganda, may oyining ikkinchi yarmida muvaffaqiyatning asosiy sababchisi — bosh murabbiy Luchano Spalettining ketishi haqida insaydlar paydo bo‘la boshladi. Shu bilan birga, biroz oldinroq Luchanoning o‘zi qolish niyatida ekanligini aytgandi.

Qisqa vaqt ichida "Napoli" prezidenti Aurelio Di Laurentis va Spalettining munosabatlari yomonlashgani hamda yangi shartnoma borasidagi muzokaralar murakkablashgani xabar qilingandi.

Keyinchalik yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi. Vaziyatning keskinlashuviga funksioner murabbiyning o‘zi bilan muhokama qilmasdan, mutaxassis bilan shartnomani 2024 yilgacha uzaytirish variantini faollashtirishga qaror qilgani sabab bo‘ldi.

Mavsum yakuni "Napoli" uchun butunlay boshqacha kayfiyatda o‘tdi. Murabbiylikka bir necha nomzodlar haqida insaydlar chiqa boshladi. Klub rahbariyati Spaletti uchun 2 yillik 4 million yevro maoshlik taklif berdi, ammo qabul qilmadi.

29 may kuni Luchano:

"Napoli"ga men hamma narsani tushuntirganman. Bir yil dam olishim kerak. Di Laurentis esa, buni to‘g‘ri qabul qildi. Bu holat meni xursand qildi, albatta".

"Napoli" esa, yangi murabbiy izlay boshladi.

Spalletti sklonyayetsya k resheniyu vzyat pauzu v sleduyushem sezone - Chempionat  Italii

Short-listga kimlarning nomi kiritilgandi?

Bunday paytlarda yangi murabbiy topish qiyin, ayniqsa, Spalettining uslubi jamoaga singib ketgan vaqtda. Klub bir necha nomzodlar orasida "Atalanta" ustozi Janpiyero Gasperini variantini ham ko‘rib chiqdi. Hattoki, muzokaralar olib borilayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi.

Nomzodlar orasida "Napoli"ni 2013-2015 yillarda boshqargan Rafayel Benites va PSJda faoliyat olib borgan Kristof Galtye ham bor edi. Yana shuningdek, Luis Enrike va Roberto Manchini nomlari ham paydo bo‘la boshladi. Enrike qishda Ispaniya termasini tark etib, klublar miqyosida ishlashga qaytishini ma’lum qildi. Lusiga "Chelsi"dan taklif bo‘ldi, ammo u rozi bo‘lmadi. Bir vaqtlar "Roma"da faoliyat olib borgan paytlarini eslab Italiya A Seriyasidan kelgan takliflarni ko‘rib chiqmoqchi edi. Lekin insayderlarning aytishicha Neapoldan hech qanday chorlov bo‘lmagan. Roberto Manichini esa, Italiya termasida hali ham faoliyat olib boryapti. Di Laurentis u bilan hali ham aloqada. Ikkisi o‘zaro suhbatlashishga ulgurdi, funksioner murabbiyning rejalarini bilib oldi. Barcha variantlar to‘g‘ri kelmaganidan keyin Rudi Garsiya nomzodini tanlashdi.

Djan Pyero Gasperini iz «Atalanti»: «Ilichicha mi nazivayem Yosip - babushka» -  Mirovoy futbol - Blogi - Sports.ru

Fransuz juda bahsli nomzod

Neapolliklarning bu tanlovi qanchalik foydali ekanligini albatta, vaqt ko‘rsatadi. 59 yoshli murabbiy faoliyatida tayinli natijaga erishmagan. 2011 yilda "Lill" bilan Liga1 da g‘olib bo‘lgan, birozdan so‘ng esa, bronza medallariga ega chiqqan. Shuningdek, "Roma" bilan 2 marta A Seriya vise-chempionligini qo‘lga kiritgan.

"Lion" va "Marsel" bilan u qadar muvafaqqiyatga erisha olmadi. Esda qolarlisi, "Lion" bilan "Manchester Siti"ni chorak finalda mag‘lub etgani bo‘ldi. Neapolga kelishidan oldin easa, Saudiyada ishladi. U yerda "Al Nassr" klubida faoliyat olib bordi. Riyod shahri jamoasida ko‘p ishlamadi, bunga sabab sifatida Krishtianiu Ronaldu deb ko‘rsatildi. Murabbiy mega yulduz bilan aloqa o‘rnatmoqchi bo‘lgan, ammo buni uddasidan chiqa olmadi hamda klub Ronalduning maslahati bilan Rudini ishdan bo‘shatdi.

Stalo izvestno imya novogo glavnogo trenera «Al-Nasra» (14 aprelya 2023 g.)  — Dinamo Kiyev ot Shurika

Asosiy maqsad — Kim va Osimxenni jamoada olib qolish

Har ikkisi yakuniga yetgan chempionatning to‘laqonli yetakchi o‘yinchilariga aylandi. Viktor A Seriyaning eng yaxshi to‘rurari bo‘ldi. Koreyalik himoyachi va nigeriyalik forvard uchun Yevropaning bir necha klublari tomonidan ov boshlandi.

Viktor uchun neapolliklar 150 million yevro talab qildi, "Chelsi" esa, 110 million taklif qildi va rad javobini oldi. Da’vogarlar ro‘yxatida "Manchester Yunayted" va "Bavariya" ham bor. Ikkala jamaoaga ham markaziy hujumchi kerak. Ammo ular bilan hech qanday muzokaralar yo‘q.

Kim Minjega keladigan bo‘lsak, "mankunianliklar" va "Bavariya" o‘rtasidagi raqobatda kim g‘olib bo‘lishiga bog‘liq. Mish-mishlarga ko‘ra, myunxenliklar asosiy da’vogarga aylangan. Hattoki, nemis grandi markaziy himoyachi bilan shartnoma shartlarini kelishib ham olgan.

Kvarasxeliya — samiy podorojavshiy igrok Serii A — Futbol — LiveSport.Ru

Bunday yorqin futbolchilarni saqlab qolishning deyarli imkoni yo‘qligini hisobga olib, ularga munosib o‘rinbosar topish kerak. Katta ehtimol bilan Italiya grandi e’tiboirini "Arsenal"ga tegishli bo‘lgan Floriyan Balogunga qaratadi. "Kanonirlar" hujumchini o‘tgan mavsumda "Reyms"ga ijaraga bergandi, forrvard Liga1 da 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Shartnomaning potensial qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

Folarin Balogun: How a personal training regimen is helping the striker  outscore Mbappe - The Athletic

Yangi mavsumdan neapolliklar tarkibida qanday o‘zgarishlar yuz berishini vaqt ko‘rsatadi. Ko‘ramiz, kuzatamiz...

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:39, 21.06.2023.
O'qildi: 3131 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.