Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Aleksandr Xomyakov: "Bunday e’tibordan so‘ng albatta g‘alaba qozonishimiz lozim edi"

Aleksandr Xomyakov: "Bunday e’tibordan so‘ng albatta g‘alaba qozonishimiz lozim edi"

Baho:
+ | -

“Buxoro” hamda “Andijon” (0:1) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov quyidagicha fikr bildirdi.

— Qiyin o‘yin bo‘lishini bilgandik. Turnirdagi vaziyatdan kelib chiqib ancha mashaqqatli bahsga aylanishini oldindan his qilgandik. Raqibning hozirgi holati va ob-havodan kelib chiqib uchrashuvga o‘ziga xos tarzda tayyorgarlik ko‘rdik. “Buxoro” uch markaziy himoyachi bilan harakat qildi. O‘yinning dastlabki daqiqalaridan mana shunday jamoaga qarshi o‘ynashimiz biroz qiyin kechdi. Ba’zi jihatlarda kech qoldik. O‘yin markazida ayrim holatlarda imkoniyatni raqibga berib qo‘ydik. Ikkinchi taymda o‘zimizda kuch topa oldik va o‘yinni nazoratimizga oldik. Hujumlarda yaxshi harakat qilib, gol urishga erishdik. Issiq jaziramada o‘ynash ancha qiyin bo‘ldi. Gol urganimizdan so‘ng hisobni ushlab qolishga harakat qildik. Barchani – rahbariyatni, futbolchilarni, administrasiyani g‘alaba bilan tabriklayman. Shu o‘rinda yangi bosh homiyimizni ham g‘alaba bilan alohida tabriklayman. Umid qilamanki, jamoamizga biriktirilgan yangi bosh homiy biz bilan uzoq muddat samarali faoliyat olib boradi. Bugungi g‘alabadan juda ham xursandman.

— Shaxsan siz bugungi g‘alabani kutganmidingiz?
— Albatta, men bu g‘alabani kutgandim va ishongandim. Katta kuch bilan harakat qildik. Chunki raqibimizga ham ochko juda zarur edi. Shu bois bizga jiddiy qarshilik ko‘rsatishini avvaldan sezgandik. Umumiy ma’noda aytsam, barchasidan qoniqdim. Professional yondashuv, o‘yinni o‘z qo‘liga olishi – hammasidan ko‘nglim to‘ldi.

— Jamoada yig‘ilib qolgan qarzdorlik bartaraf etildi, shundaymi?
— Xudoga shukurki, rahbariyatimiz moliyaviy muammolarni bartaraf qildi. Yangi bosh homiyimiz, hokimiyat birgalikda jamoani qiyin vaziyatdan olib chiqib ketdilar. Hissiyotli holatda bugun yomon natija ko‘rsatmasligimiz kerak edi va biz bunday e’tibordan so‘ng albatta g‘alaba qozonishimiz lozim edi. Yana bir marta yigitlarga chuqur minnatdorchiligimni bildirib qolaman.

— Rubin Xebay ikkinchi davrada jamoada qoladimi?
— Rubin Xebay bilan amaldagi shartnomamiz bor va shartnomaga asosan rahbariyat hamma ishni to‘liq bajaryapti. Shunday ekan, u klubda qoladi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 00:43, 24.06.2023.
O'qildi: 1486 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.