Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Sergey Arslonov: "Top klublar Nimeliga qiziqish bildirmoqda"

Sergey Arslonov: "Top klublar Nimeliga qiziqish bildirmoqda"

Baho:
+ | -

Superliga 13-turidan o‘rin olgan “Surxon” – “So‘g‘diyona” (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Arslonov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“O‘yin qiyin va asabiy o‘tdi. Buning ustiga asosiy vaqtga 14 daqiqa qo‘shib berildi. Jismoniy va ruhiy jihatdan ko‘p kuch sarfladik. Birinchi bo‘limda ko‘proq to‘psiz o‘ynab, himoyaga e’tibor qaratgan bo‘lsak, ikkinchi taymda esa raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yaratdik. Bugun raqib ham yaxshi harakat qildi, qolaversa, o‘rtadagi yuzaga kelgan katta tanaffus ham o‘z so‘zini aytdi. Nazorat bahslarida esa munosabat boshqacha bo‘ladi.

Birinchi bo‘limda Nimeli qiynaldi. Ikkinchi bo‘limda esa unga vaziyatlar etishmagan bo‘lsada, himoya va hujum o‘rtasidagi bog‘lovchi vazifasini bajarib berdi. Aynan u tufayli himoyadan chiqib, xavfli vaziyatlar yarata boshladik. Ha, u charchab qoldi. Maydonga ikkinchi hujumchi tushishi o‘yinimizni kuchaytira oldi. Ularning biri to‘pni saqlagan bo‘lsa, ikkinchisi raqibni aldashga harakat qildi. 20 kundan so‘ng rasmiy bahsda maydonga tushish nafaqat futbolchilarga, balki murabbiylarga ham qiyin.

Silvanus chempionatimizdagi to‘purar hujumchilardan sanaladi. Uni nafaqat “Navbahor, balki, boshqa ko‘plab jamoalar o‘z safida ko‘rishni istamoqda. Ular rahbariyatimizga murojaat qilib, bu borada muzokara o‘tkazishlari mumkin.

Birinchi navbatda mahalliy yoshlarga e’tibor qaratamiz. Keyin esa turli yoshdagi terma jamoa vakillarini olib kelishga intilamiz. So‘nggi variant – legioner. Ayni damda legionerlar bo‘yicha barcha pozisiyalarimiz band. Shu sababli ular haqida o‘ylayotganimiz yo‘q”, – dedi Arslonov.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 04:31, 24.06.2023.
O'qildi: 1368 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик