Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Ro‘ziqul Berdiyev: «Kuchli jamoani mag‘lub etdik»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Kuchli jamoani mag‘lub etdik»

Baho:
+ | -

Superliga 13-turidan o‘rin olgan «Nasaf» – OKMK (2:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“OKMK kuchli jamoa. Ularga qarshi bahsda tartibli himoyalanish zarur. Raqibning oldingi chizig‘iga imkoniyat bermaganimiz g‘alabaning omili bo‘ldi. Bugun ishonchli hisobda g‘alaba qozondik, ammo kiritilgan goldan so‘ng qarshi hujumga o‘tishda biroz qiynaldik. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilganlar qarshi hujumlarda yaxshiroq harakat qilishini kutgan edim. Asosiysi, kuchli jamoani mag‘lub etdik va bundan xursandman.

G‘aybullayev bizning rejada bor edi. Ammo, ertalab betobligi bois tarkibga qo‘shmaslikka qaror qildik. Stanoyevichning holati siz va biz kutgan darajada emas. Shu sabab tavakkal qilmadik. Yarim yil futbol o‘ynamagan inson 10 kunda tayyor bo‘lishi qiyin. Formasini tiklab olsa, albatta maydonga tushadi.

Standart vaziyatlarda ko‘p ishlaymiz. Nafaqat gol kiritilgan vaziyatda, boshqa holatlarda ham yaxshi harakat qildik. Aliqulovning eng ustun jihatlaridan biri bosh bilan yaxshi o‘ynay olishida. Hozirda 50 foiz gollar standartlardan so‘ng kiritilmoqda va markaziy himoyachining oldinga chiqishi zamonaviy futbolda bor.

Limaning shartnomasi iyulda tugaydi. Rejamizda bor, ayni damda yuqori saviyadagi hujumchi izlayapmiz, biroq bu oson bo‘lmaydi. Lekin biz izlashda davom etyapmiz. Balki, shartnomani uzaytirish uchun muzokaralarga kirisharmiz.

Xebayning jamoasidan ketishi mumkinligi borasidagi xabar chiqqanida u haqida ma’lumot yig‘ishga harakat qildik. Biroq u jamoasi bilan faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi”, – dedi Berdiyev.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 07:29, 25.06.2023.
O'qildi: 1381 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик