Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Jaloliddin Masharipov yana 5-6 yil futbol o‘ynamoqchi, ammo...

Jaloliddin Masharipov yana 5-6 yil futbol o‘ynamoqchi, ammo...

Baho:
+ | -

Bu yigit zamonaviy o‘zbek futboli yetakchilaridan biridir, shubhasiz. YouTube tarmog‘idagi IntervyuTV kanali ijodkorlari yaqinda Krishtianu Ronaldu bilan bitta jamoa - «Al-Nasr»da faoliyat yuritayotgan «O‘zbek Messisi»ning Saudiya poytaxti Ar-Riyodda joylashgan muhtasham uyida mehmon bo‘lib, undan katta intervyu olishdi. Alohida aytish kerak, o‘zbek futboli tevaragida bunday oshkora suhbatlar kamdan-kam bo‘ladi. Harqalay, O‘zbekiston milliy jamoasi yulduzi barchani qiziqtiradigan mavzular - turmush tarzi, qiyinchiliklarga to‘la bolaligi, shaxsiy rivojlanish yo‘li, biznes olamidagi hozirgi ishlari, Saudiyadagi hayoti va fao­liyati xususida ochiq-oydin gapirib berdi. 

- «Bunyodkor» jahon darajasidagi murabbiy va futbolchilarni olib kelgan payt sizda ham uning tarkibiga qo‘shilish istagi tug‘ilganmidi?

- Hech qachon. Chunki o‘sha vaqt «Paxtakor» yoshlar jamoasida o‘ynardim va har doim «qaldirg‘ochlar»ni mag‘lubiyatga uchratardik. Qisqasi, «Bunyodkor»ga havas qilmaganman, aksincha, uning futbolchilari bizga havas bilan qarashgandir ehtimol.

- 2017 yili «Paxtakor» tarkibi keskin yangilandi. Eski futbolchilardan esa faqat siz qoldingiz. Nega, ketish varianti yo‘qmidi?

- «Paxtakor»da kimdir uy  egasi sifatida qolishi kerak edi-ku. 2017-2020 yillar oralig‘ida faoliyatimning eng baxt­li davrini o‘tkazdim. Har holda, mamlakatimizda imkoni bor barcha sovrinlarni yutdik, OCHLda ham katta natijalar ko‘rsatdik. Orada Eron va bosh­qa kuchli chempionatlardan takliflar tushdi, ammo ketishni istamadim. Faqat 2020 yilga kelib, salohiyatim milliy chempionatimiz darajasidan oshgani va ketish fursati yetganini tushundim. Chunki agar yana ozgina qolganimda, pastga qarab sho‘ng‘ish xavfi oshardi.

- O‘sha yili «Al-Nasr» bilan shartnoma tuzdingiz, ammo Saudiya klubida legionerlar limiti to‘lgani tufayli ijara safariga yo‘l oldingiz - BAAning «Shabab Al-Ahli»siga...

- Yo‘q, aslida bunday bo‘lmagan. O‘sha payt «Al-Nasr» FIFA tomonidan qo‘yilgan qandaydir taqiq ortidan futbolchi sotib olgani bilan uni chempionatda o‘ynatolmasdi. Shuning uchun BAA­dan taklif tushgach, klub 6 oy o‘ynab qaytishimga ruxsat bergandi.

- Aytingchi, hozirgi maoshingiz «Paxtakor»dagidan necha baravar katta?

- 3-4 baravar. 

- Saudiyada mahalliy futbolchilarning moliyaviy holati qanday?

- Bir yilda o‘rtacha hisobda - «Bunyodkor» jahon darajasidagi murabbiy va futbolchilarni olib kelgan payt sizda ham uning tarkibiga qo‘shilish istagi tug‘ilganmidi?

- Hech qachon. Chunki o‘sha vaqt «Paxtakor» yoshlar jamoasida o‘ynardim va har doim «qaldirg‘ochlar»ni mag‘lubiyatga uchratardik. Qisqasi, «Bunyodkor»ga havas qilmaganman, aksincha, uning futbolchilari bizga havas bilan qarashgandir ehtimol.

- 2017 yili «Paxtakor» tarkibi keskin yangilandi. Eski futbolchilardan esa faqat siz qoldingiz. Nega, ketish varianti yo‘qmidi?

- «Paxtakor»da kimdir uy  egasi sifatida qolishi kerak edi-ku. 2017-2020 yillar oralig‘ida faoliyatimning eng baxt­li davrini o‘tkazdim. Har holda, mamlakatimizda imkoni bor barcha sovrinlarni yutdik, OCHLda ham katta natijalar ko‘rsatdik. Orada Eron va bosh­qa kuchli chempionatlardan takliflar tushdi, ammo ketishni istamadim. Faqat 2020 yilga kelib, salohiyatim milliy chempionatimiz darajasidan oshgani va ketish fursati yetganini tushundim. Chunki agar yana ozgina qolganimda, pastga qarab sho‘ng‘ish xavfi oshardi.

- O‘sha yili «Al-Nasr» bilan shartnoma tuzdingiz, ammo Saudiya klubida legionerlar limiti to‘lgani tufayli ijara safariga yo‘l oldingiz - BAAning «Shabab Al-Ahli»siga...

- Yo‘q, aslida bunday bo‘lmagan. O‘sha payt «Al-Nasr» FIFA tomonidan qo‘yilgan qandaydir taqiq ortidan futbolchi sotib olgani bilan uni chempionatda o‘ynatolmasdi. Shuning uchun BAA­dan taklif tushgach, klub 6 oy o‘ynab qaytishimga ruxsat bergandi.

- Aytingchi, hozirgi maoshingiz «Paxtakor»dagidan necha baravar katta?

- 3-4 baravar. 

- Saudiyada mahalliy futbolchilarning moliyaviy holati qanday?

- Bir yilda o‘rtacha hisobda 1 million dollardan ko‘proq topishadi.

- Sizning kamolotingizni o‘ylab, futbolchilik fao­liyatidan voz kechgan akangizga nimalar sovg‘a qildingiz, sir bo‘lmasa?

- Akam bilan oramizda pul, buyumlarning umuman ahamiya­ti yo‘q. O‘zimga nimani ravo ko‘rsam, unga hattoki, ko‘prog‘ini ulashaman.

- Futbolni boks bilan taqqoslanishi qay darajada to‘g‘ri?

- Ikkisi umuman boshqa-boshqa qutb. Boksda hammasini bir o‘zingiz boshqarasiz, belgilaysiz. Futbol esa... Bunda jamoa o‘ynaydi - 11 futbolchi. Bir kishining no­o‘rin harakati butun jamoa natijasiga ta’sir ko‘rsatishi hech gap emas.

- Krishtianu Ronalduga 7-raqamni topshirganingiz tafsiloti haqida ham gapirib bersangiz.

- Uning kelishidan oldin klub mutasaddilaridan biri yonimga keldi: «Jalol jamoa­mizga juda katta futbolchi jalb qilyapmiz. Shu, 7-raqamni unga bersak...». Darhol gap Ronaldu haqida ketayotganini tushundim va undan tasdiq olgach, hech qanday muammo yo‘qligini aytdim. Axir jahondagi ikki eng zo‘r futbolchidan biri kelsayu, unga raqamimni qanday bermasligim mumkin? Qisqasi, bu raqam o‘rniga ikkita 7ni  birlashgan variantni so‘radim.

- Ronalduning shaxsiyati haqida...

- Bugungi kunda, 38 yoshida ham bizdan ko‘ra, qattiq mehnat qiladi, o‘z ustida ko‘p ishlaydi - haqiqiy professional. Odamgarchiligini esa ta’riflashga til ojiz.

- Saudiyaga qancha muddatda moslashgandingiz? Ronaldu-chi?

- Adaptasiya uchun chamasi 2-3 oy sarflagandim. Ronaldu esa havo nisbatan salqinlashgan payt keldi. Mana, havo endi isib ketdi va u ham ancha qiynal­yapti...

- Bu yerda asosan nimalarga pul sarflaysiz?

- Qiyinchilik ko‘rib ulg‘ayganimizni aytdim. Demak, to‘g‘ri joylarga sarflash, kelajak uchun poydevor qo‘yishga harakat qilaman. Asosan ko‘chmas mulk sotib olyapman.

- Saudiya Arabistoni odatlaridan siz uchun qandaydir noqulay, g‘ayritabiiy tuyulgani ham bormi?

- Yo‘q. Hammasi o‘zimizdagi bilan bir xil deyarli.

- Olimjon Davletov, Dmitriy Kim yoki Ahmadjon Musayev? Qay biri hayotingiz va faoliyatingizda kattaroq o‘rin tutadi?

- Menimcha, Dmitriy Kim. Chunki katta futbol va hayotning haqiqiy sir-asrorlarini aynan undan ko‘proq o‘rgandim.

- «Paxtakor» bilan erishgan eng murakkab chempionlik qaysi?

- 2019 yilgi zafar o‘zgacha o‘rin tutadi. Chunki oradan ancha vaqt o‘tib, chempionlikni tantana qilgandik.

- Rudi Garsiya kuchliroqmi yoki Dinko Yelichich?

- Bulardan Shota Arveladze ustunroq edi...

- Siz bilan birga o‘ynagan eng kuchli yarim himoyachi: Odil Ahmedov, Server Jeparov yoki Temur Kapadze?

- Odil Ahmedov.

- Siz bilan birga o‘ynagan eng kuchli hujumchi Aleksandr Geynrix, Igor Sergeev yoki Eldor Shomurodov, albatta, Krishtianu Ronaldudan tashqari?

- Eldor Shomurodov.

- Quyidagilardan qay biri kuchliroq himoyachi: Yegor Krimes, Davron Hoshimov yoki Farrux Sayfiyev?

- Yegor Krimes.

- Kilian Mbappe kuchlimi yoki Erling Xoland?

- Neymar ikkalasidan ham zo‘rroq.

- Kim kuchli - Ronaldu yoki Messi?

- Ronaldu jamoamizga qo‘shilishidan oldin ham aytganman: jahonning birinchi raqamli futbolchisi ikki nafar: Krish va Leo.

- Nima uchun Messi emas?

- Messi - iqtidor, Krishtianu - mashaqqatli mehnat samarasi. Bunday mehnatkashlikni qadrlash kerak. To‘g‘ri, Messi jahon chempio­niga aylandi, lekin men uchun ikkalasi teng, baribir.

- Sizda-chi, iqtidor ko‘proqmi yoki mehnat?

- Boshida iqtidor edi, hozir esa mashaqqatli kundalik mehnat.

- Qaysi sharhlovchini ko‘proq yoqtirasiz: Davron Fayziyevmi yoki Xayrulla Hamidov?

- Shu ikkisi birga sharhlagan o‘yinni maza qilib ko‘raman.

- Qayerga sayohat ma’qulroq: tog‘li hudud yoki dengiz bo‘yi...?

- Tog‘li joylar yaxshi, havo toza, chiroyli manzaralar...

- Faoliyatingizni qachongacha davom ettirishni o‘ylayapsiz?

- Avvalo, Alloh biladi. Yana 5-6 yil o‘ynashga qurbim yetsa kerak. Qachonki, o‘z pozisiyamdagilardan ortda qolishni boshlasam, o‘ynashni to‘xtataman.

- Hali yetisholmagan orzularingiz...

- Futbolda birgina orzu qoldi - jahon chempionatida o‘ynash. Qolganlariga ortig‘i bilan erishdim.

2020 yilga kelib, salohiyatim milliy chempio­natimiz darajasidan oshgani va ketish fursati yetganini tushundim. Chunki agar yana ozgina qolganimda, pastga qarab sho‘ng‘ish xavfi oshardi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:22, 25.06.2023.
O'qildi: 4976 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.