Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Inter - Arsenal
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Olimpiakos - Bayer
21/01 01:00 Real Madrid - Monako
21/01 01:00 Sporting - PSJ
21/01 01:00 Tottenhem - Borussiya D
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Timber keyingisi bo‘ladimi? "Arsenal"ning APL davridagi niderlandiyalik futbolchilari

Timber keyingisi bo‘ladimi? "Arsenal"ning APL davridagi niderlandiyalik futbolchilari

Baho:
+ | -

"Arsenal" 1992 yildan beri (APL davrida) golland futbolchilaridan ko‘plab talantlarga ega bo‘lgan. Ularning ba’zilari Londonda zafar quchgan, qolganlar esa yo‘q. "Ayaks" himoyachisi Yurriyen Timber "Arsenal"ning navbatdagi lolalar yurtidan olgan vakiliga aylanishi mumkin. Shu asnoda biz bugun tarixga murojaat qilib, bu jamoaning niderland futbolchilarini baholab ko‘rdik.

Glenn Elder

1995 yilning fevralida olib kelingan futbolchi, jamoa ustozi Jorj Gremning so‘nggi xaridi bo‘ladi. Hujumchi "Arsenal"da asosan zaxiradan maydonga tushar va foydali ishlarni amalga oshirardi. Elderning eng esda qolarli vaziyati sifatida uning Bergkampga uzatgan ajoyib krossini eslash kifoya. Afsuski, futbolchi jamoani erta tark etadi.

Jovanni van Bronkxorst

2001 yilning iyunida 8 million funt evaziga yarim himoyachi xarid qilinadi. Sobiq Niderlandiya terma jamoasi a’zosi "Arsenal"dagi davrida uchta sovrinni qo‘lga kiritadi. Avvaliga ikkita Angliya kubogi, keyin esa APL yutib olingan. Afsuski, van Bronkxorst jarohatlar sababli asosiy tarkibdan tushib qola boshlaydi. Futbolchi "Arsenal" safida jami 64 ta o‘yin o‘tkazgan. U 2003 yilda "Barselona"ga sotib yuboriladi.

Mark Overmars

Angliya Premyer-ligasi ko‘rgan eng tezkor futbolchilardan biri, raqibni dahshatga solardi. U 1997-98 yildagi liga va kubokni yutishda Arsen Vengerga katta yordam beradi. Muxlislar uning Angliyada o‘tkazgan g‘alabali yillarini hech qachon unutmaydi.

Robin van Persi

Jamoa bilan xayrlashish balki yaxshi bo‘lmagandir. Ammo van Persi o‘zining yuqori sport formasida fantastik darajaga ega bo‘lgan. U "Arsenal" uchun 278 ta o‘yinda 132 ta gol urishga erishadi. Van Persi 2011-12 yilgi mavsumda jami 37 ta golga mualliflik qiladi. Ajoyib hujumchi ashaddiy raqib jamoa bo‘lgan "MYU"ga yo‘l olgan edi.

Dennis Bergkamp

Birinchi o‘rinda yana kimnidir tasavvur qilganmidingiz? Albatta, unday qila olmaysiz. Dennis APL tarixidagi eng texnikasi kuchli futbolchilardan biri bo‘lgan. U haqida Arsen Venger shunday degandi: "Agar sizning jamoangizda Bergkamp kabi futbolchi bo‘lsa, unga qanday futbol o‘ynashni o‘rgatishingiz shart emas. Shunchaki, siz unga jamoadan shunday joy berishingiz kerakki, u o‘z mahoratidan maksimum foydalana olsin".

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 17:31, 26.06.2023.
O'qildi: 1270 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.