Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino 2-3 Lasio
29/09 17:00 Selta 1-1 Jirona
29/09 17:30 Braziliya 3-1 Marokash
29/09 18:00 Roma 2-1 Venetsiya
29/09 18:00 Komo 3-2 Verona
29/09 18:00 Ipsvich 2-2 Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao 1-1 Sevilya
29/09 20:00 Ukraina 9-4 Venesuela
29/09 20:30 Man. Yunayted 0-3 Tottenhem
29/09 21:00 Empoli 0-0 Fiorentina
29/09 21:30 Betis 1-0 Espanyol
29/09 23:45 Napoli 2-0 Monsa
30/09 00:00 Atletiko 1-1 Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya - Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston - Argentina
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Ishonib bo‘lmaydigan futbol faktlari(3-qism)

Ishonib bo‘lmaydigan futbol faktlari(3-qism)

Baho:
+ | -

Ba’zi futbol faktlari shunchalik hayratlanarliki, ularga ishonib bo‘lmaydi. Ular shunchaki sizning qarashlaringizni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Ko‘pchilik bu faktlarni soxta deb bilishadi, ammo bu haqiqat. Keling, hayratlanarli faktllar bilan tanishib chiqishni boshlaymiz.

Pushkash Chempionlar ligasining ikkita finalida ba’zi finalchi klublarga qaraganda ko‘proq gol urgan

"Real Madrid" uchun ikkita finalda venger yettita gol urdi - bu:
"Yuventus" to‘qqizta final (5);
"Borussiya" ikkita finalda (4);
"Chelsi" uchta final uchun (3);
"Atletiko" to‘rtta final (3);
“Manchester Siti” ikki finalda (1) qaraganda ko‘proqdir.

Xorijlik futbolchilarsiz so‘nggi yevrokubok finali 56 yil avval bo‘lgan edi

Oxirgi marta Yevropa kubogi/CHempionlar ligasi finalchisining asosiy tarkibida xorijliklar bo‘lmagan, o‘shanda “Seltik” “Inter”ni mag‘lub etgandi.

1996 yilda o‘g‘il o‘yinda otasini almashtirdi

17 yoshli Eydur Gudjonsen Islandiya terma jamoasidagi debyutini ikkinchi bo‘limda o‘z otasi 34 yoshli Arnor o‘rniga maydonga tushganida o‘tkazdi. Bu ularni bir xil xalqaro o‘yinda o‘ynagan birinchi (va hali ham yagona) ota va o‘g‘ilga aylantirdi.

Gudyonsen birga o‘ynashni xohlardi, ammo Islandiya federasiyasi o‘sha lahza Islandiyadagi maydonda sodir bo‘lishini xohlardi. Afsuski, Eydur oradan ko‘p o‘tmay jiddiy jarohat oldi va u formasiga qaytganida Arnor nafaqaga chiqqan edi.

Rud van Nistelroyning “Manchester Yunayted”dagi 150 ta golidan faqat bittasini jarima maydoni tashqarisidan kiritgan

Bu "Charlton Atletik"ka qarshi o‘yin bo‘lgan. Umuman olganda, van Nistelroy daho: u faoliyatining eng yuqori cho‘qqisida “Manchester Yunayted” uchun har bir o‘yinga o‘rtacha 0,68, “Real” uchun 0,64, PSV uchun esa 0,78 gol urgan.

Klopp faqat muxlislari You will never walk alone, deb qo‘shiq aytadigan klublarni boshqargan

1945 yilgi “Karusel” musiqiy filmi uchun yozilgan qo‘shiq Liverpul madaniyatining ajralmas qismiga aylangan va o‘nlab yillar davomida klub bilan bog‘lanib kelgan. Lekin nafaqat Liverpulda YNWA'ni yaxshi ko‘rishadi. Qo‘shiqni "Maynts" va "Borussiya" muxlislari ham kuylashadi va Klopp ikkala klubda ham ishlagan!

Garet Beylning "Tottenxem"ni tark etganidan keyingi birinchi sovrinsiz mavsumi uning "Tottenxem"ga qaytgan mavsumi bo‘lgan

Beyl Londonga qaytishdan oldin har mavsum "Real Madrid" bilan sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Va birinchi mavsumni kuboklarsiz o‘tkazdi!

Vardining Premyer-ligada urgan gollari Ronaldunikidan ko‘p

Jeymi Premyer-ligada 27 yoshidan (hozir 36) o‘ynagan, ammo uning hisobida 136 ta, Ronalduda esa 103 ta gol bor.

Eron so‘nggi 13 yil ichida jahon chempionatlarida Italiyadan ko‘proq g‘alaba qozongan

Achinarlisi, ammo haqiqat: italiyaliklar chempionlikni 2006 yilda qo‘lga kiritishgan, ammo o‘shandan beri ular faqat ikki marta – 2010 va 2014-yillarda jahon chempionatiga chiqishgan. Janubiy Afrikada Italiya jamoasi g‘alaba qozona olmadi va guruh bosqichidan chiqib ketdi. Braziliyada bitta g‘alaba qozonishdi, lekin baribir guruhdan chiqa olishmadi.

Eronning statistikasi biroz yaxshiroq: milliy terma jamoa so‘nggi uchta jahon chempionatida qatnashdi, ularning har birida ham guruh bosqichidan chiqa olmadi, lekin ikki bor g‘alaba qozondi.

Futbol tarixida bor-yo‘g‘i uchta futbolchi o‘yinning har bir daqiqasida gol urgan

Ronaldu, Ibrahimovich va Suares. Ajoyib!

Rodrining faoliyatida bitta ham qizil kartochka yo‘q

Garchi o‘tgan mavsumda "Liverpul" bilan o‘yinda ispaniyalik futbolchi uning oldida qizil kartochka ko‘rishga imkon qadar yaqin bo‘lgandi. O‘yinning 33-daqiqasida u Diogo Jotaga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun sariq kartochka oldi va oradan bir daqiqa o‘tib Gakponi yiqitdi. “Liverpul” futbolchilari bu voqea ikkinchi sariqqa loyiq ekanligini hakamga isbotlashga harakat qilishdi, biroq u Rodrini jazolamaslikka qaror qildi.

Finlyandiyalik futbolchi 96.2 raqamli libosda o‘ynagan

Mika Lehkosuo XIK Xelsinki klubida o‘ynab, 96,2 to‘lqinida efirga uzatiladigan mahalliy radiostansiya bilan shartnoma imzoladi. Shartnoma shartlarini bajarish uchun futbolchi federasiyadan bunday o‘yin raqamidan foydalanishga ruxsat so‘radi va unga ruxsat berildi. To‘g‘ri, klub Chempionlar ligasiga yo‘l olganida raqamni o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi - Lehkosuo 96 ni tanladi.

Kiritildi: 17:42, 26.06.2023.
O'qildi: 1502 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.