Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 0-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

FIFA vakillari futzal bo‘yicha JCH oldidan O‘zbekistonning futbol infratuzilmasini o‘rganishni boshladi

FIFA vakillari futzal bo‘yicha JCH oldidan O‘zbekistonning futbol infratuzilmasini o‘rganishni boshladi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston so‘nggi yillarda FIFA va OFK miqyosidagi nufuzli musobaqalarni yurtimizda qabul qilish yuzasidan katta qadamlarni tashlamoqda. Xususan, yurtimiz 2024 yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionati mezboni etib belgilandi. Shu munosabat bilan bugun FIFA mutaxassislari Jeyme Gonsalez, Kasra Asrar va Laura Saez O‘zbekistondagi mavjud infratuzilmani o‘rganish, tahlil qilish va yakuniy xulosalarini taqdim etish maqsadida yurtimizga tashrif buyurishdi.

O‘FA mas’ullari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv avvalida O‘zbekiston so‘nggi davr mobaynida qit’a miqyosidagi bir nechta turnirlarni yuqori saviyada qabul qilgani alohida e’tirof etildi. Futzal bo‘yicha JCH esa O‘FA hamda FIFA o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga asoslangan hamkorlikning yangi bosqichga chiqqanligidan dalolatligi aytildi.

O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov Osiyo kubogi musobaqalarini o‘tkazish orqali yetarli tajriba orttirilgani, futzal bo‘yicha Jahon chempionatini ham yuksak saviyada o‘tkazish bo‘yicha barcha harakatlar amalga oshirilishini ta’kidladi.

Shundan so‘ng keyingi yil yurtimizda bo‘lib o‘tadigan mundialga tayyorgarlik rejalari muhokama qilindi. Dastlab FIFA va O‘FA vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan «Humo» arena, «Yunusobod» sport majmuasi, «Alpomish» muz saroyi va mashg‘ulot maydonlari inspeksiya qilindi. Maydonlar holati, kiyim almashtirish, matbuot anjumani va tashkiliy-ma’muriy xonalar, muxlislar uchun qulayliklar va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari o‘rganib chiqildi.

Rejaga muvofiq endilikda Farg‘ona, Andijon, Samarqand va Buxorodagi mavjud sharoitlar inspeksiya qilinadi. FIFA vakillari majmualar, mashg‘ulot zallari, mehmonxonalar, aeroport, vokzal va yo‘llarning talabga javob berishini o‘rganadilar hamda yakuniy xulosalarini taqdim etadilar.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 00:09, 27.06.2023.
O'qildi: 1318 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.