So‘nggi paytlarda "Barselona" hujumchisi Ferran Torresning Angliya Premyer-ligasi klublari bilan aloqasi borligi haqida xabarlar tarqaldi. Biroq, 23 yoshli futbolchi o‘zi aytganidek, hech qayoqqa ketmoqchi emas.
"Men "Barsa"da juda baxtliman va bu klubda o‘ynashni davom ettirmoqchiman", - dedi Torres ijtimoiy tarmoqlarda.
Ferran Torres 2022 yil boshidan buyon “Barselona”da o‘ynamoqda. O‘shandan beri hujumchi 71 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.