Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 00:00 Germaniya 2-0 Daniya
30/06 05:00 Kanada 0-0 Chili
30/06 05:00 Argentina 2-0 Peru
30/06 20:00 Nasaf 3-2 Navbahor
30/06 20:00 Metallurg 1-4 Olimpik
30/06 21:00 Angliya 2-1 Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya 4-1 Gruziya
01/07 05:00 Yamayka 0-3 Venesuela
01/07 05:00 Meksika 0-0 Ekvador
01/07 19:30 Neftchi - Paxtakor
01/07 21:00 Fransiya - Belgiya
02/07 00:00 Portugaliya - Sloveniya
02/07 06:00 AQSh - Urugvay
02/07 06:00 Boliviya - Panama
02/07 21:00 Ruminiya - Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya - Turkiya

Messi qanday klubga o‘tdi?

Messi qanday klubga o‘tdi?

Baho:
+ | -

"Inter Mayami" juda yosh klub hisoblanadi. AQSHning eng quyoshli shaharlaridan biri ko‘p yillar davomida o‘zining MLS vakiliga ega emas edi, ammo 2018 yilda liga Florida janubida yaqin orada klub tashkil etilishini e’lon qildi. U "Inter" nomini oldi, pushti ranglar va "flamingo" laqabini oldi (mintaqada bunday qushlar ko‘p).

Jamoaning MLSdagi starti 2020 yilda bo‘lib o‘tgan va hozircha u hech narsa yuta olmadi. Uch mavsumda "Inter" faqat bir marta pley-offga chiqdi, u yerda darhol “Nyu-York Siti”ga yutqazishdi va bu yil MLSda ishlar yomon ketmoqda: jamoa 27-o‘rinda va Sharqiy konferensiya jadvalida so‘nggi o‘rinda. Chempionatning so‘nggi yetti o‘yinida mag‘lub bo‘lgan “qahramonlar” AQSH ochiq kubogining yarim finaliga qadar yetib bordi.Tarixdagi ilk kubok uchun real imkoniyat bor. Yarim final avgust oyining oxiriga, Messi va boshqa yangi yulduzlar Floridaga yetib borishiga rejalashtirilgan.

Klub egalari

Klubning boshida dunyodagi eng mashhur sobiq futbolchi Devid Bekxem turganini hamma biladi, ammo bu mutlaqo to‘g‘ri emas. Angliya terma jamoasining sobiq sardori ko‘proq "Inter"ning yuzi, ammo uning yagona egasi emas. Bekxem bilan birgalikda aka-uka Xorxe va Xose Maslar boshchilik qiladilar, ular Mayamida o‘sgan va MasTec yirik qurilish va muhandislik firmasiga ega bo‘lgan ishbilarmonlardir. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Xorxe Mas 1,4 milliard dollarga ega.

Stadion

Mayami klubi tashkil qilinishi e’lon qilingan paytda, "Inter" uchun yangi stadion qurilishi boshlandi. Hamkorlik shartnomasiga ko‘ra, arena "DRV PNK" nomini oldi va 2020 yilda ochildi. Uning maksimal sig‘imi bor-yo‘g‘i 18 mingtani tashkil etadi va "Inter" Messi bilan shartnoma imzolaganidan bir kun o‘tib mavsumning qolgan barcha o‘yinlari uchun chiptalar sotilib ketganining sababi ham shudir.

Ko‘rinib turibdiki, bunday stadionda muxlislar gavjum, shu bois "Inter" yangi arenaga ko‘chib o‘tishga hozirlik ko‘rmoqda. Ha, hozirgi arena ochilganidan bir necha yil o‘tgach, ular yangisi qurilishi boshlanganini e’lon qildi. “Miami Freedom Park” 25 ming tomoshabinga mo‘ljallangan va 2025 yilda ochiladi.

Jamoa murabbiyi

Hozir "Inter" MLSda oxiridan uchinchi o‘rinda bormoqda, shuning uchun bir necha kun oldin klubda o‘zgarishlar bo‘ldi. 2021 yil boshidan buyon jamoani boshqargan Fil Nevill ishdan bo‘shatildi va bo‘sh turgan lavozimga Xerardo Tata Martino tayinlandi. Bu qaror aynan Messi uchun: 60 yoshli mutaxassis amaldagi jahon chempioni bilan ham “Barselona”da, ham Argentina terma jamoasida ishlagan.

To‘g‘ri, kataloniyaliklar bilan Martino faqat Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi, terma jamoasi bilan esa ketma-ket ikki marta Amerika kubogi finalida mag‘lub bo‘ldi. Ammo 2018 yilda argentinalik murabbiy “Atlanta Yunayted”ni MLS pley-off bosqichida g‘alabaga olib keldi. Martinoning oxirgi ish joyi Meksika terma jamoasi bo‘lib, u JCH-2022 guruhdan chiqa olmadi.

Tarkib

Transfermarkt ma’lumotlariga asoslanib, iyun oyi holatiga ko‘ra, "Inter" atigi 34 million yevrolik umumiy tarkib qiymati bo‘yicha ligada 24-o‘rinni egallab turgan edi. Biroq bu summa Messining taxminiy narxini o‘z ichiga olmaydi va u bilan deyarli bir xil. Ya’ni, iyul oyidan boshlab, tarkib o‘yinchilarining umumiy narxi ikki barobarga oshadi va klub bir zumda bu ko‘rsatkich bo‘yicha MLS yetakchilari safiga kiradi.

Xabaringiz bor, Leodan tashqari “Barselona”ning yana bir taniqli tarbiyalanuvchisi Serxio Buskets ham “Inter”ga o‘tmoqda va ularning sobiq jamoadoshi Jordi Alba ham ularga qo‘shilishi mumkin.

O‘tgan yilga qadar “Inter”da yana bir mashhur argentinalik hujumchi Gonsalo Iguain to‘p tepgan bo‘lsa, Messi transferi e’lon qilingan vaqtda jamoaning eng mashhur futbolchilari venesuelalik hujumchi Jozef Martines, amerikalik himoyachi Deandre Yedlin va ukrainalik himoyachi Sergey Krivtsovlar edi.

MLSda Bekxem qoidasi yoki belgilangan o‘yinchi qoidasi mavjudligi muhim. Unga ko‘ra, jamoalar maosh chegarasidan tashqari ko‘pi bilan uch nafar futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin va Messi transferi vaqtida "Inter"da barcha o‘rinlar to‘ldirilgan edi, shuning uchun klub buxgalteriya hisobini o‘zgartirishga majbur bo‘ladi. AS xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi yiliga axminan 54 million dollar oladi.

Debyut sanasi

Messining Amerika klubi bilan shartnomasi iyul oyida boshlanadi. Chempionat qizg‘in pallada, har hafta o‘yinlar o‘tkazilmoqda, ammo bu yulduz forvard kelayotgan dam olish kunlari MLSda debyut qiladi, degani emas. Kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun vaqt kerak, Messi esa yaqinda Osiyoda terma jamoasi bilan o‘ynadi, shundan so‘ng u mashaqqatli mavsumdan dam olyapti.

Argentinalik futbolchi uchun taxminiy va norasmiy debyut sanasi - 21 iyul. Shu kuni MLS va Meksika chempionati klublari ishtirok etadigan yillik Liga kubogi turniri boshlanadi. Guruh bosqichining birinchi turida “Inter Mayami” “Kruz Azul”ga qarshi bahs olib boradi va katta ehtimol bilan bu uchrashuvni butun sayyora tomosha qiladi.

Kiritildi: 09:56, 01.07.2023.
O'qildi: 3062 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.