Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Aspilikuetaga ruxsat berildi

Aspilikuetaga ruxsat berildi

Baho:
+ | -

"Chelsi" himoyachi Sezar Aspilikuetaga klub bilan amaldagi shartnomasini bekor qilish va "Atletiko Madrid"ga o‘tishga ruxsat berdi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Manba bergan xabarga ko‘ra, endilikda 33 yoshli ispaniyalik futbolchining madridliklar jamoasiga o‘tishi uchun hamma narsa tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Aspilikuetaning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Futbolchi 2012 yildan beri London klubi sharafini himoya qilib kelmoqda, u avvalroq “Marsel” va “Osasuna” klublarida o‘ynagan. Transfermafkt portali Ispaniya terma jamoasi futbolchisini 5 million yevroga baholamoqda.

O‘tgan mavsumda Aspilikueta "ko‘klar" safida 32 o‘yin o‘tkazdi.

Kiritildi: 15:48, 01.07.2023.
O'qildi: 1355 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик