Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Roma" ishongan hujumchisi bilan yangi shartnoma imzoladi

"Roma" ishongan hujumchisi bilan yangi shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Hujumchi Stefan El-SHaaravi “Roma” bilan yangi mehnat shartnomasini imzoladi, deb xabar beradi poytaxt klubi rasmiy sayti. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma muddati 2025 yilning o‘rtalarigacha hisoblangan.

Eslatib o‘tamiz, Stefan "Roma"da olti yildan buyon (2015 yildan 2019 yilgacha va 2021 yildan 2023 yilgacha) to‘p tepmoqda. O‘tgan mavsumda hujumchi rimliklar safida barcha turnirlarda 42ta o‘yinda ishtirok etib, 9ta gol va 3ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Futbolchining "bo‘rilar" bilan avvalgi shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetgandi. El-SHaaravining hozirgi narxi besh million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 10:54, 02.07.2023.
O'qildi: 2179 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.