Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Vitaliy Levchenko: “Nasaf” ligadagi eng noqulay raqib"

Vitaliy Levchenko: “Nasaf” ligadagi eng noqulay raqib"

Baho:
+ | -

Superliga 8-turning qoldirilgan o‘yinida o‘z maydonida “Nasaf”ni mag‘lub etgan “Neftchi” klubi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko, g‘alaba, raqibning kuchi, Nazarovning o‘yini va jamoadagi raqobat haqida gapirdi.

“Nasaf” – ligadagi eng noqulay raqiblarimizdan biri. Bu jamoa chiroyli va tartibli o‘ynaydi va ularga qarshi ochiq o‘yin namoyish etish qiyin. Bugun himoyada tartibli o‘ynab, hujumda ishonchli harakat qilishni maqsad qilgan edik. Maqsadimizga erishdik va uzoq kutilgan g‘alabaga erishdik”, - dedi Levchenko.

“Jamoada raqobat bo‘lsa rivojlanish bo‘ladi. O‘yinga kim ko‘proq va yaxshiroq tayyor bo‘lsa, maydonga aynan u tushadi. Raqobatda kim yutsa uning imkoniyati ko‘proq. Buni futbolchilar yaxshi bilishadi va mashg‘ulotlarda qattiq mehnat qilishmoqda. Chunki, u tayyor bo‘lmasa, maydonda uning joyini egallashga boshqa tayyor futbolchi bor. Bu jamoamiz uchun muhim faktor. Raqobat bo‘lsa o‘sish bo‘ladi”.

“Nazarov ham hozirda aynan raqobat tufayli asosiy tarkibdan joy olib kelmoqda. Bu uning yutug‘i. Aytganimdek, raqobatda yutgan futbolchi asosiy tarkibda o‘ynaydi”.

“Ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayoni reja va grafik bo‘yicha olib boriladi. Jamoaga yangi futbolchilarni jalb etishga harakat qilayapmiz. Ikkinchi davrada boshqacha kayfiyat va kuchli tarkib bilan kirishishni istaymiz. Albatta, yangi qon kerak. Bu bo‘yicha harakat boshlangan”.

“Stadionda bizni qo‘llab-quvvatlayotgan muxlislarimizga alohida rahmat. Bu juda muhim faktor. Jamoa buni doimo his qiladi. Aynan ularning qo‘llovlari evaziga jamoamiz muhim ochkolarni qo‘lga kiritmoqda. Ikkinchi davrada ham ularni chiroyli g‘alabalar bilan xursand qilishni istaymiz”.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 00:13, 03.07.2023.
O'qildi: 1251 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик