Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/11 17:00 Xitoy - Yaponiya
19/11 17:00 Indoneziya - Saudiya Arabistoni
19/11 17:00 KXDR - O‘zbekiston
19/11 19:00 Falastin - Janubiy Koreya
19/11 19:00 Qirg‘iziston - Eron
19/11 21:00 Ummon - Iroq
19/11 21:00 BAA - Qatar
19/11 23:15 Bahrayn - Avstraliya
19/11 23:15 Kuvayt - Iordaniya

Futboldan erta ketishga majbur bo‘lgan yulduzlar

Futboldan erta ketishga majbur bo‘lgan yulduzlar

Baho:
+ | -

Tarixda "Arsenal", "Chelsi", "Liverpul" va "Tottenxem" kabi klublar vakillari kutilmagan jarohatlar sababli futbolni erta tark etishgan. Bu nomlarga qarab, agarda jarohatlar bo‘lmaganida nimalar ro‘y berishi mumkinligini taxmin qilish mumkin. Ammo vaqtni ortga qaytarib bo‘lmaydi. Quyida shunday yulduzlardan ayrimlari bilan tanishasiz. Ular o‘z istaklariga qarshi borib, futbolni erta tark etgan.

Jek Uilsher

Uilsherni o‘sha tunda olgan jiddiy harohati tark etmadi. U 2022 yilning yozida futboldan ketishga majbur bo‘lgandi. Yarim himoyachining o‘zi bu haqida shunday degandi: "Ochig‘i, buni qabul qilish o‘ta og‘ir ish. Menga bog‘liq bo‘lmagan, nazorat qila olmaydigan sabablarga ko‘ra futboldan ketish insonni xafa qiladi. Qo‘limdan hali ancha narsa kelardi. Doimo oldimga katta marralar qo‘yganman. Bu holatga tushaman deb o‘ylab ham ko‘rmagan edim. Nima bo‘lgan taqdirda ham ortimga qarab, faxrlanaman. Futbolchi bo‘lganimdan hech qachon afsuslanmayman".

Serxio Aguero

33 yoshida ajoyib hujumchi bizni tark etgandi. Ha, Aguero bu paytgacha asosiy ishini qilib bo‘lgan edi. Argentinalik "Manchester Siti" bilan tarix yozadi. APLning eng yaxshi to‘purarlari qatorida Aguero doim tilga olingan. Biz uni "Barselona"da ham nimadir qilishiga umid qilgandik. Ammo yurak bilan bog‘liq muammo sababli Aguero ortiq o‘ynay olmasligi ravshanlashdi. U bu haqida shunday degandi: "Men o‘z faoliyatim bilan faxrlanaman. Mayli, peshonaga yozilganini ko‘raveramiz. Harxolda, bu dard menga kechroq ta’sir qildi. Hayotim davomida meni nimalar kutayotganini bilmayman. Ammo bir narsa aniqki, atrofimda men sevgan va qadrlaydigan insonlar jamlangan. Men yaxshi ko‘rganingiz uchun rahmat".

Jyust Fonten

Fransuz hujumchisi 1958 yilgi "Oltin butsa"ga ega chiqadi. Fonten klub miqyosida 283 ta bahsda maydonga tushib, 259 ta golga mualliflik qiladi. U asosan o‘zining bir mundialda eng ko‘p, 13 ta urgan goli bilan eslanadi. Hujumchi Fransiya safida 21 ta o‘yin o‘tkazib, 30 ta golga mualliflik qilgandi.

Emmanyuel Peti

"Monako"da to‘qqiz yil o‘ynagandan keyin, Peti APLga keladi. U 1997 yilda Arsen Vengerning "Arsenal"iga qo‘shiladi. Peti "Arsenal"dan tashqari "Barselona" va "Chelsi" safida ham harakat qilgan. Ammo 2004 yilda tizzasidan olgan jarohati sababli futboldan ketishga majbur bo‘lgan. Peti 1998 yilda o‘yin orqali 17 ming yevro yutib oladi va yutgan hamma pulini xayriyaga berib yuboradi.

Jeymi Rednapp

Rednapp "Liverpul" uchun 10 yildan ortiq vaqt davomida harakat qilgan. Ammo uning davri jarohatlar bilan eslanadi. Yarim himoyachi 2000 yildan boshlab sog‘lig‘ida muammolarga duch keladi. Shu sababli 2005 yilda nafaqaga ketadi. Nima bo‘lgan taqdirda ham Jeymi o‘zidan muxlislar uchun faqatgina yaxshi xotiralar qoldirgan.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 21:42, 03.07.2023.
O'qildi: 2543 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.