Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya 0-3 Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya 1-1 Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika 2-1 Paragvay

"MYU"ning Gleyzerlar davridagi eng yomon xaridlarini bilasizmi? (top-10)

"MYU"ning Gleyzerlar davridagi eng yomon xaridlarini bilasizmi? (top-10)

Baho:
+ | -

Gleyzerlar oilasi oxirgi 10 yillikda "Manchester Yunayted" uchun anchagina muvaffaqiyatsiz transferlarni amalga oshirgan. O‘zining 18 yillik boshqaruvi davomida asosan muxlislar tanqidiga duchor bo‘lib kelayotgan biznesmenlar, klubni sotuvga qo‘ygandi. Tez orada "MYU" qatarlik bankir Shayx Yassimga sotilsa kerak. Agarda shunday bo‘lsa, Gleyzerlarning klub tarixidagi o‘rni dastlab muvaffaqiyatlar bilan, 2013 yildan keyin esa tartibsizliklar bilan esga olinadi. Bu xaosni har xil murabbiylar bilan birga, ular sotib olgan turlicha futbolchilar ham keltirib chiqargan. Quyida Gleyzerlar davridagi eng omadsiz 10 ta xarid sanab o‘tiladi.

Antoni

O‘tgan mavsum Antoni qatnashgan har qaysi o‘yinni ko‘rgan inson biladiki, u o‘ziga sarflangan 85 million funt pulni oqlay olgani yo‘q. Vinger Gleyzerlar pulni ayovsiz sovurishining namunasi bo‘ldi xolos. Braziliyalik futbolchi o‘zining ajoyib qobiliyatini namoyish etdi. Ammo hech qachon ten Xag jamoasiga foyda keltirmadi.

Xarri Maguayr

Maguayr aslida yomon futbolchi emas. Bu fikrimizni himoyachining Angliya terma jamoasi safidagi harakatlari isbot etadi. Biroq, tan olish kerakki u o‘ziga sarflangan 80 million funtga arzimaydi. Aynan shu sababli bu yoz klub rahbariyati uni sotish harakatiga tushib qolgan.

Donni van de Bek

"Ayaks"dan olib kelingan yarim himoyachi, Ole Gunar Sulsherning tanlovi edi. Ammo norvegiyalikning o‘zi Van de Bekni asosiy tarkibga kiritmadi. Afsuski, Niderlandiya terma jamoasi a’zosi oxirgi ikki yilda "MYU" uchun jami 15 ta o‘yinda ishtirok etdi xolos.

Anxel Di Mariya

Argentinalik afsona futboldagi eng katta nomlardan biri sanaladi. Ammo uning "MYU"dagi davri omadsiz kechgandi. Di Mariya "Real"dan 60 million funt evaziga olib kelinadi. Hujumchi bir mavsum "qizil iblislar" safida harakat qilib, keyin "PSJ"ga ketishga majbur bo‘lgan. U Angliyadagi davrida uyini o‘g‘ri uradi.

Romelu Lukaku

Lukaku "Manchester Yunayted"ning haqiqiy yulduzga aylana olmagandi. Ikki mavsum ichida 27 ta gol urgan hujumchi, "Inter"ga ketadi. "Everton"dan 75 million funtga xarid qilingan futbolchi, muxlislarning "kattakon chaqaloq" degan dashnomiga qoladi. Aytish mumkinki, Lukaku faqatgina Gleyzerlarning cho‘ntagiga ortiqcha yuk bo‘lgan.

Viktor Valdes

Viktor Valdesning yomon davri 2015 yilda, darvozabonning erkin agent sifatida olib kelinishidan boshlanadi. U avvaliga tizzasidan olgan jarohatini bir muddat davolaydi.
Ko‘p o‘tmay, sobiq "Barselona" afsonasining Lui van Gal bilan munosabatlari yomonlashadi. Valdes 18 oy ichida "MYU" bilan ikkita o‘yin o‘tkazib, oxir-oqibat "Midlsbro"ga sotib yuboriladi. Ammo u bir yarim yil ichida maoshi sababli anchagina pulni sovirgandi.

Jeydon Sancho

Yana bir katta xaridlardan biri bu Sanchodir. Jeydon Sancho 2021 yilda "Borussiya Dortmund"dan 73 million funtga sotib olinadi. Hamma hujumchini Angliyada gullab-yashnashini kutadi. Ammo aksi bo‘ldi. Ikki yil ichida Sancho 12 ta golga mualliflik qildi. Bu vaqt orasida 21 yoshli futbolchi Angliya terma jamoasidan tushib qolgan edi.

Memfis Depay

Yana bir umidni oqlamagan vinger bu Depaydir. Unga yettinchi raqam beriladi. Niderlandiyalik 2015 yilda 25 million evaziga keltirilgan. Bir mavsumda Depay 2 ta gol uradi xolos. 2017 yilda hujumchi "Lion"ga 15 million funtga sotiladi.

Radamel Falkao

Falkao "Atletiko"da son-sanoqsiz gollar urib, ingliz klublariga kun bermasdi. Ammo uning Angliyaga kelishi yaxshilik keltirmadi. "Manchester Yunayted" kolumbiyalikni "Monako"dan 6 million funtga ijaraga oladi. U 29 ta o‘yinda qatnashib, 4 tagina gol bilan ortga qaytgandi.

Aleksis Sanches

Itlar va pianinoni yaxshi ko‘radigan futbolchi "Arsenal"da fenomenal edi. U 2018 yilda Mxitaryan evaziga almashtirilgan. 18 oy davomida Chili terma jamoasi a’zosi "qizil iblislar" uchun bor-yo‘g‘i 3 ta gol urgandi. Hujumchi "MYU" uchun yiliga 14 million funtga tushadi. Shunday qilib, Sanches qarori butunlay xatoligi o‘z tasdig‘ini topadi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: dailystar.com
Kiritildi: 19:01, 04.07.2023.
O'qildi: 2901 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.