Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

"Barselona" transferlari: Xavi yangi mavsumga qadar kuchaytirishi kerak bo‘lgan pozisiyalar

"Barselona" transferlari: Xavi yangi mavsumga qadar kuchaytirishi kerak bo‘lgan pozisiyalar

Baho:
+ | -

Joan Laport o‘tgan mavsumda barcha imkoniyatlarni ishga solib, "Barselona"ni yuqori notada ushlab turishga harakat qildi. Yevropa sahnida muvaffaqiyatsizlikka uchralgan bo‘lsada, Xavi o‘z jamoasini 2019 yildan beri ilk marta Ispaniya chempioniga aylantirgandi. Shunga qaramay, moliyaviy beqarorliklar Kataloniya klubini katta transferlar qilishiga to‘siq bo‘lmoqda. Ayrim futbolchilarning ketishi esa, Xavi oldiga maydondagi bo‘shliqlarni tezroq to‘ldirish masalasini qo‘ydi. O‘sha bo‘shliqlar aynan qayerlarda yuzaga kelgani va kimlar bilan uni yopish mumkinligi haqida quyida so‘z boradi.

O‘ng qanot himoya

Xavi o‘ng qanotda muammolarga duch kelishi aniq. Negaki, o‘tgan mavsumni ayni shu pozisiyani yopish bilan o‘tkazgan ikki futbolchi, aslida markaziy himoya vakili sanaladi. Ulardan biri, Jyul Kunde, o‘z kelajagini qanot ko‘rmayotganini bildirgan. Ronald Arauxo ham, jamoaga markazda kattaroq foydasi tegadi. Shu sababli kataloniyaliklarga tabiiy qanot futbolchisi kerak. "Barsa" anchadan beri "Vilyarreal" yulduzi Xuan Foytga qiziqib kelmoqda. Shuningdek, ular "Real Valyadolid" futbolchisi Ivan Fresnedaga ham da’vo qilishi mumkin. Jaou Kanselu uchun poygada "Barselona" nomi qayd etiladi. Biroq, bu xaridni amalga oshirishga moliyaviy cheklovlar yo‘l bermaydi. Shunday ekan, Xavi uchun bu boradagi eng yaxshi tanlov bu Fresnedadir.

Tayanch yarim himoyachisi

Jamoa himoyasi qarshisida Serxio Busketsdan qolgan katta bo‘shliq bor va bu zudlik bilan to‘ldirilishi kerak. Ha, "Barselona" yozning ilk transferini "Manchester Siti" sardorini olib kelishdan boshladi. Ammo Gyundogan yarim himoyaning yuqori fazasidan joy oladi. Negaki, nemis futbolchisi raqib darvozasi qarshisida ko‘proq foydasi tegadi. Buni Xavi juda ham yaxshi biladi. Frenki De Yong maydonning har ikki yakunida yaxshi harakat qiladi. Shu sababli bir o‘zi tayanch zonasini ushlay olmaydi. Gavi va Pedri borasida ham shunday deyish mumkin. Xullas, "Barselona"ga aynan Buskets vazifasini bajara oladigan alohida nom kerak. Shu maqsadda klub "Real Sosyedad" yulduzi Martin Subimendiga qiziqish bildirgani aytilmoqda. Shuningdek, "Jirona" futbolchisi Oriol Romeu ham kataloniyaliklar radariga tushgan. Tanlov esa Xaviga bog‘liq bo‘ladi.

Chap qanot hujum

"Barselona"ning Viktor Rokeni sotib olishi, uzoq kelajakda Levandovski o‘rnini to‘ldirishda yordam beradi. Klub o‘ng qanotda ham bir nechta yorqin futbolchilarga ega. Ammo chap qanot haqida bunday deya olmaymiz. Ansu Fati o‘smirligida yorib chiqib, yangi super-yulduz belgilarini namoyon qilgandi. Ammo ispan vingerining jarohatlar bilan o‘ralashib qolishi, hammasiga yakun yasadi. Fatining ayni damdagi holati yaxshi emas. U  shu yozning o‘zida jamoasini yangilashi mumkin. Xavi esa 20 yoshli futbolchiga yana bir mavsum imkon berib ko‘rishi kerak. O‘tgan mavsumda chap qanotdagi muammolar, yarim himoyachilarni o‘sha pozisiyani yopishga majbur qilgandi. Shu tufayli Xavi bu muammo haqida jiddiyroq bosh qotirishi lozim. Yechim esa doimo topiladi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 10:29, 07.07.2023.
O'qildi: 4648 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.