Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Rossiyalik sobiq futbolchi O‘zbekiston termasini tanqid qildi

Rossiyalik sobiq futbolchi O‘zbekiston termasini tanqid qildi

Baho:
+-1 | -

Rossiyalik sobiq himoyachisi Vladimir Ponomaryov JCH-2026 doirasida Portugaliyaning O‘zbekiston ustidan 5:0 hisobidagi yirik g‘alabasini izohladi. Bu haqda Sports.kz Rusfootball.info manbasiga tayanib xabar berdi.

— Portugaliya juda yaxshi o‘ynadi, lekin masala faqat shunda emas — O‘zbekiston terma jamoasi juda zaif. Biz tasavvur qilgan daraja emas. U yerda Fayzullayev ham bor edi, xatolar qildi. Yaxshiki, u hozir SSKAda o‘ynamayapti.

Ronaldu esa bugun yaxshi o‘ynadi. Avvalgi o‘yinlarda u Portugaliya safida unchalik yaxshi ko‘rinmagan edi, ammo bu safar to‘liq kuchda harakat qildi va o‘z o‘yinini topdi. Uning atrofida ham kuchli futbolchilar bor — ular unga yaxshi paslar bermoqda. Uning o‘zi ham yaxshi uzatmalar qiladi. Ronaldu o‘z darajasida o‘ynadi. Va 41 yoshda bo‘lsa ham jismoniy holati ajoyib — o‘zini juda yaxshi saqlaydi, — dedi Ponomaryov.

Eslatib o‘tamiz, guruh bosqichining so‘nggi turida O‘zbekiston terma jamoasi Kongo DRga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 28 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 11:12, 24.06.2026.
O'qildi: 10478 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик