Bir necha kun oldin "PSJ" prezidenti Nosir al-Xelayfi Kilian Mbappe yaqin haftalarda albatta shartnomasini yangilashi kerakligini aytdi.
Aks holda klub hujumchini bir yil ichida tekinga qo‘ldan chiqarmaslik uchun sotadi.
ESPN manbalariga ko‘ra, transfer tahdidi Mbappening pozisiyasiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan - futbolchi haligacha shartnomani uzaytirish niyatida emas.
Qayd etilishicha, hujumchi al-Xelayfining ommaviy ultimatumiga qaramay, xotirjamlikni saqlab turibdi.
Kilian Mbappening "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Mish-mishlar futbolchini "Real" bilan bog‘laydi.