Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Inter - Arsenal
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Olimpiakos - Bayer
21/01 01:00 Real Madrid - Monako
21/01 01:00 Sporting - PSJ
21/01 01:00 Tottenhem - Borussiya D
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Kilian Mbappe “PSJ”ning YECHLdagi omadsizligi haqida: “Bu savol bizga emas, jamoani qurayotganlarga berilishi kerak”

Kilian Mbappe “PSJ”ning YECHLdagi omadsizligi haqida: “Bu savol bizga emas, jamoani qurayotganlarga berilishi kerak”

Baho:
+ | -

Kilian Mbappe “PSJ”dagi hozirgi holati, “Oltin to‘p”ga nomzodligi haqida gapirib o‘tdi.

"Jamoat mening natijalarimni yaxshi baholamaydimi? Ha. Lekin bunda ularni ayblamayman. Ular meni Fransiyada qanday ulg‘ayganimni ko‘rdi, har hafta yo “PSJ”dagi yoki terma jamoadagi o‘yinimgagina guvoh. Uzoq yillar mobaynida ko‘plab gollar urib kelyapman. Bu esa ular uchun odatiy holga aylangan.

Bundan shikoyat qilmayman. Hali yoshman, yaqindagina aktyor bo‘lishimdan oldin tomoshabin edim. Men ham Messi yoki Ronaldu singari buyuk futbolchilarning ishlarini yetarlicha baholay olmaganman. Hozir biz yanada ko‘proq talab qiladigan jamiyatga yashayapmiz.

"“PSJ”dagi o‘yinlarim unchalik foyda bermaydi. Bilaman, oxirgi paytlar gap-so‘zlar ko‘payib ketdi, lekin men nima to‘g‘ri bo‘lsa, shuni qilyapman.

“PSJ” Chempionlar Ligasida nega muvaffaqiyatsizlikka uchrayotganini bilmayman. Biz qo‘limizdan kelganini qildik, nuqta. Bu savol jamoani qurayotgan odamlarga berilishi kerak.

Men esa o‘z ishimni yanada yaxshiroq qilishga urinyapman. Ushbu mavsum klub uchun 40 dan ziyod gol urdim, terma jamoada esa 13 ta golga mualliflik qildim. Men sehrgar emasman.

Agar oldingi qoidalar amalda bo‘lganda, men hozir “Oltin to‘p”ga nomzodlar qatorida bo‘lmasdim. Hozir futbolchining o‘yiniga ko‘proq e’tibor berilmoqda.

Hozir ko‘proq maydonda ko‘zga tashlangan, o‘yin taqdirini hal qilgan, jamoaga katta ta’sir o‘tkaza olgan futbolchilar tanlab olinmoqda.

Bu borada men ham tanlovlar ichidaman. Ha, sovrin uchun nomzodman, lekin nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi", — dedi Kilian Mbappe.

Avvalroq “PSJ” prezidenti Nosir al-Helayfiy Kilian shartnomani uzaytirishni istamasa, unga eshiklar ochiq ekanligini ta’kidlagandi. Madridning “Real” klubi futbolchi uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.

Mbappening parijliklar bilan shartnomasi 2024 yil yozida o‘z nihoyasiga yetadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:33, 08.07.2023.
O'qildi: 2305 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.