Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Mash’al»: Ortda qolgan davr, yillar va yo‘llar, erishilgan yutuqlar va klubda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida

«Mash’al»: Ortda qolgan davr, yillar va yo‘llar, erishilgan yutuqlar va klubda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida

Baho:
+ | -

Futbol - millionlar o‘yini. O‘zbek futbolidan xabardor bo‘lgan har kim "Mash’al" professional futbol klubi va akademiyasi haqida eshitgani ham bor gap. Ortda qolgan yillar, o‘tgan davr mobaynida jamoa o‘zbek va jahon futboliga qator iqtidorlarni yetishtirib berdi va bu jarayon ayni damda ham davom etmoqda.

Jumladan, klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadigan Eldor Shomurodov dunyo futbolining eng yetakchi chempionatlaridan hisoblanadigan Italiya "A" seriyasida, taniqli "Roma" klubida o‘ynayotgani kishini alohida faxr tuyg‘usiga chorlaydi.

"Mash’al" o‘zi ishtirok etadigan musobaqalarda har doim va hamisha yuqori maqsadlar asosida o‘ynab keladi. Ana shunday yuqori maqsadlar natijasida jamoa o‘zbek futbolida, qator yutuqlarga erishdi.

Klubning uy o‘yingohi hisoblanadigan "Bahrom Vafoyev" nomidagi futbol-arena jamoa ishtirokidagi har bir o‘yinda muxlislar oqimi bilan to‘lib toshadi.

"Mash’al" o‘zbek futbolidagi yorqin alanga" iborasi bejizga aytilmagan. Bugungi kunga kelib, milliy chempionatlprimizda ishtirok etayotgan har bir futbol klubida "Mash’al" akademiyasi tarbiyalanuvchilari topiladi.

Ortda qolgan davr mobaynida “O‘zbekneftgaz" AJ klub bosh xomiysi sifatida beminnat xizmat ko‘rsatib keldi.

“Mash’al" PFK jamoasi 25 yil davom etgan samarali xamkorlik uchun "O‘zbekneftgaz" AJga o‘zinining samimiy minnatdorchiligini izhor qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.04.2023-yil kunidagi PQ-115-son "Ommaviy professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda, xududlarda qator islohotlar olib borilmoqda. Xususan, Muborak shahrining "Mash’al" professional futbol klubiga endilikda "O‘zMilliyBank" AJ bosh xomiy sifatida biriktirildi.

Klubning yangi bosh homiysi sa’y-harakatlari bilan jamoaning uy o‘yingohi hisoblanadigan "Bahrom Vafoyev" stadionida tezlik bilan 2000 lyuks quvvatga ega bo‘lgan projektorlar o‘rnatish ishlari boshlab yuborildi.

Ayni damda xorijiy davlatdan "Bahrom Vafoyev" stadioniga yetkazib kelingan projektorlar tez kunlar ichida o‘yingohga o‘rnatilishi ta’minlanadi. 2000 lyuks quvvatga ega bo‘lgan mazkur projektorlar kelgusida futbol muxlislarining stadionda qulay sharoitlarda katta futbol uchrashuvlarini tomosha qilishlariga zamin hozirlaydi.

Bunyod Andayev, "Mash’al" matbuot xizmati

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 14:59, 10.07.2023.
O'qildi: 1344 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик