Italiyaning “Napoli” klubi prezidenti Aurelio de Laurentis Luchano Spaletti jamoadan ketganidan so‘ng klubni qabul qilib olgan yangi bosh murabbiy Rudi Garsiyani to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
"Garsiya - biz unga ishonadigan murabbiy. U o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatlarni mustahkamlay oladi, har safar u bilan gaplashganimda, to‘g‘ri tanlov qilganim hissi paydo bo‘ladi. Men uni hamma narsada qo‘llab-quvvatlayman, - deya Aurelio de Laurentisning so‘zlarini keltiradi Italiyaning ITASportPress axborot agentligi.