Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

Aimchess Rapid. Abdusattorovning Karlsenga «tishi o‘tmadi»

Aimchess Rapid. Abdusattorovning Karlsenga «tishi o‘tmadi»

Baho:
+ | -

Shaxmat bo‘yicha Aimchess Rapid onlayn turnirida kecha final bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda Nodirbek Abdusattorov norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsenga qarshi dona surdi.

Hamyurtimiz birinchi partiyada oq donalarda o‘ynab, imkoniyatni boy berdi. Magnus bexato yurishlar tufayli ilk o‘yinni g‘alabagacha olib bordi. Ya’ni partiya so‘ngida Karlsen piyoda ustunligiga ega bo‘lgani tufayli Nodirbek mag‘lubiyatni tan oldi.

Nodirbek ikkinchi partiyada qora donalarda o‘ynaganiga qaramay, hujumkor uslubni tanladi. Ammo 27-yurishdagi xato oxir-oqibat mag‘lubiyatga olib keldi.

O‘zbekistonlik shaxmatchi uchinchi partiyada oq donalarda o‘ynab, g‘alabaga juda yaqin keldi. Ruhli endshpilda Abdusattorov raqibning bir piyodasiga qarshi o‘zining 3 piyodasi bilan o‘ynadi. Bunday vaziyatda piyodalardan birini Farzinga olib chiqish mumkin edi. Ammo vaqt tig‘izligi tufayli 63-yurishda yo‘l qo‘yilgan xato vatandoshimizni g‘alabadan mahrum etdi. Aks holda shaxmatchilar o‘rtasida to‘rtinchi partiya o‘ynalishi kerak edi. Hisob - 0,5 - 2,5.

Nodirbek Abdusattorov finalgacha yetib kelgani uchun 20 ming dollar mukofot puliga ega bo‘ldi. Magnus Karlsen endi grand finalda ishtirok etsa, hamyurtimiz "Mag‘lublar finali"da So Uesli (AQSH) va Eduardo Iturrisaga (Ispaniya) g‘olibiga qarshi dona suradi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 05:49, 13.07.2023.
O'qildi: 2363 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик