Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/10 00:00 Valensiya 2-3 Las-Palmas
22/10 00:00 Nottingem Forest 1-0 Kristal Pelas
22/10 15:00 Kvangju 3-1 Johor Dorul Ta'zim
22/10 15:00 Shangxay Port 3-2 Sentrel Kost
22/10 17:00 Buriram Yunayted 1-0 Poxang Stilers
22/10 17:00 Shandong Taishan 2-2 Yokogama Marinos
22/10 19:00 Istiqlol Dushanbe 0-1 Al-Vihdat
22/10 19:00 Sharja 3-1 Sepohon
22/10 21:00 Istiqlol 0-1 An-Nasr (SA)
22/10 21:00 Al-G‘arafa 1-2 Al-Vasl
22/10 21:45 Milan 3-1 Bryugge
22/10 21:45 Monako 5-1 Srvena Zvezda
22/10 23:59 Arsenal 1-0 Shaxtyor
22/10 23:59 Aston Villa 2-0 Bolonya
22/10 23:59 Jirona 2-0 Slovan
22/10 23:59 Yuventus 0-1 Shtutgart
22/10 23:59 PSJ 1-1 PSV
22/10 23:59 Real Madrid 5-2 Borussiya D
22/10 23:59 Shturm 0-2 Sporting

Transfermarkt talqiniga ko‘ra dunyoning eng qimmat hujumchilari

Transfermarkt talqiniga ko‘ra dunyoning eng qimmat hujumchilari

Baho:
+ | -

Ko‘pgina klublarga hujumlarni yakunlab bera oladigan forvardlar yetishmayapti. Transfermarkt talqini bo‘yicha dunyoning eng qimmat hujumchilari haqida tanishtirib o‘tamiz.

Gabriyel Jezus ("Arsenal", 75 million yevro)

"Manchester Siti"da Jezus har doim ham yetarlicha o‘yin o‘tkaza olmadi. "Arsenal"da esa Gabriyel darhol asosiy tarkib futbolchisiga aylandi, chunki Arteta u bilan birga ishlashni xohladi. 25 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda APLda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shubhasiz, braziliyalik futbolchi tizzasidan jarohat olmaganida bundanda samaraliroq natija qayd etardi. Jezusning iqtidoriga hech qanday shubha yo‘q, shuning uchun u yuqori baholanadi.

I knew Gabriel Jesus would change Arsenal' - £45m striker left Mari  'amazed' after just one week of training | Goal.com Australia

Kristofer Nkunku ("Chelsi", 80 million yevro)

Nkunku dastlab hujumkor yarim himoyachi sifitida o‘ynadi. Ammo so‘nggi payitlarda futbolchi asta-sekin hujumchiga aylanib bormoqda va bu borada ancha samarali natija qayd etmoqda. 2021/22 yilgi mavsumda Kristofer Bundeslgada mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. O‘tgan mavsum yakunida u "Verder" hujumchisi Niklas Fyulkrug bilan birga Germaniya chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Nkunku yakuniga yetgan mavsumda Bundesligada 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yozgi transferlar oynasida u "Chelsi" futbolchisiga aylandi. Shubhasiz, "aristokratlar" sifatli hujumchi xarid qildi.

Chelsea announce arrival of Nkunku from RB Leipzig

Randal Kolo-Muani ("Ayntraxt", 80 mln yevro)

Randalga top klublarning qiziqishi asta-sekin orti bormoqda. Fransiyalik futbolchi allaqachon 2 mavsumni yuqori saviyada va turli jamoalarda o‘tkazgan. 2021/22 yilgi mavsumda u "Nant" safida 12 ta gol urdi va jamoaning eng yaxshi to‘purariga aylangan. So‘ngra u "Ayntraxt"ga o‘tdi. 24 yoshli hujumchi yakuniga yetgan mavsumda Bundesligada 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 11 ta golga assistentlik qilgan. Kolo-Muani yuqori darajadagi o‘yinlarni o‘tkazdi, gol+pas tizimida 26 ochko, gapimiz isboti. Hujumchiga "Bavariya" asosiy da’vogar.

Randal Kolo Muani: Who is the Eintracht Frankfurt and France forward? |  Bundesliga

Lautaro Martines ("Inter", 85 mln yevro)

Lautaro Jahon chempionatida o‘zini deyarli ko‘rsata olmadi, hattoki gol urishga ham muvaffaq bo‘lmadi. Shu sababli ko‘pchilik Lautaroning iqtidoriga shubha qildi. 25 yoshli forvard yakuniga yetgan mavsum A Seriyada 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Argentinalik futbolchi ketma-ket 2 yil davomida Italiyada har mavsum 20 dan ortiq gol urib kelmoqda. Shuningdek, u "Barselona", "Benfika" va "Milan"ga qarshi o‘yinlarda muhim gollarni urib, "Inter"ning Chempionlar ligasi finaliga chiqishiga katta hissa qo‘shdi. "Neradzurrilar" futbolchini qadrlaydi va mish-mishlarga qarmay, u bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti.

Lautaro Martinez:

Xarri Keyn ("Tottenxem", 90 mln yevro)

"Tottenxem" sardori nomini sifat, barqarorlik va yuqori daraja kabi so‘zlarining sinonimlari bilan bog‘lash mumkin. Har bir mavsum "shporlar" uchun omadli kelavermaydi, lekin Keyn hamisha o‘z jamoasida eng yaxshisi bo‘lib qoladi. Londonliklar mavsum davomida murabbiylarni almashtirib, so‘nggi turlarda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ammo 29 yoshli hujumchi APLda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol urishga erishdi. Bu natija Xarrrining o‘tgan mavsumdagilardan ancha yaxshi ko‘rsatkichi edi. Keyn "Tottenxem"ni tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Lekin u qolishni o‘ylamoqda. Son va Meddison kabi sheriklar bilan yanada yorqin o‘yinlar namoyish etishi mumkin.

Comparing Harry Kane's goalscoring record with the Premier League's best |  The Independent

Viktor Osimxen ("Napoli", 120 mln yevro)

Osimxen faoliyatidagi eng yorqin mavsumni o‘tkazdi, shu tufayli u transfer narxini 2 baravar oshirdi. 24 yoshli hujumchi yakuniga yetgan mavsum A Seriyada 32 ta o‘yinda 26 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Nigeriyalik futbolchi liganing eng yaxshi to‘purariga aylandi va Skudetto uchun kurashda jamoasiga katta yordam berdi. Osimxenga Yevropaning bir qancha klublari qiziqish bildirmoqda. Ammo neapolliklar futbolchini olib qolmoqchi. Hozircha shartnoma borasida kelishuvlar yo‘q.

Chelsea set to open talks with Napoli for Victor Osimhen - Latest Sports  News In Nigeria

Kilian Mbappe (PSJ, 180 mln yevro)

Har mavsum oxirida Mbappening transferi borasida yangi sahifalar ochiladi. "Real"ga o‘tish, yoki Parijda qolish borasida bir qarorga kelganicha yo‘q. Bunday vaziyatlarga qaramay, Kilian sifatli futbolchi bo‘lib qolmoqda va Liga1 to‘purari unvonini munosib himoya qilib kelyapti. 24 yoshli hujumchi yakuniga yetgan mavsumda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 29 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Mbappe 2018/19 yilgi mavsumda 33 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.

PSG And Real Madrid Reach €300 Million Kylian Mbappe Agreement

Erling Xoland ("Manchester Siti", 180 mln yevro)

"Manchester Siti" Xoland bilan shartnoma imzolashi bilanoq "shaharliklar" omadli xarid amalga oshirgani darhol ma’lum bo‘ldi. Dortmundning "Borussiya" klubidan kelgan hujumchi yangi jamoasida ham o‘zini ko‘rsatishga kirishdi. Premyer Ligadagi ilk mavsumdayoq 35 ta o‘yinda 36 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi. Eng yaxshi to‘rupurar, trebl va "Oltin butsa". Xoland ajoyib mavsum o‘tkazdi. Uning keyingi mavsumlardagi natijalarini kuzatish qiziq bo‘ladi.

Erling Haaland: Man City striker does not just score goals, he smells them  too | The Independent

Yozgi transferlar oynasi hali yopilmadi va bularning orasida kimningdir narxi ko‘tarilishi ehtimoli bor. Chunki hujumchiga ehtiyoji bor klublar mablag‘ni ayashmaydi.

Manba: footballhd
Kiritildi: 09:48, 13.07.2023.
O'qildi: 2644 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.