Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya 0-3 Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya 1-1 Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika 2-1 Paragvay

Raul, Zinedin Zidan va Joze Mourinyo. “Real”da Karlo Anchelottining o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan murabbiylar

Raul, Zinedin Zidan va Joze Mourinyo. “Real”da Karlo Anchelottining o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan murabbiylar

Baho:
+ | -

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2024 yildan boshlab Braziliya terma jamoasini boshqaradi. Bu esa Anchelottining 2023/24 yilgi mavsum oxirida madridliklar murabbiylik postini tark etishini bildiradi.

Florentino Peres Don Karloga kimni o‘rinbosar sifatida ko‘rayotgani noma’lum. Keling, “qaymoqranglilar” murabbiylik postini egallashi mumkin bo‘lgan mutaxassislar kim bo‘lishi mumkinligini taxmin qilib ko‘ramiz.

Raul
Ispaniyalik — ajoyib tanlov. Hozirda “Kastilya”da ishlayotgan “Real”ning afsonasidan umidlar katta. Faqat bir savol qoladi: u katta sahnaga chiqishga tayyormi? Hozircha u Zidanning izidan ketmoqda. Muvaffaqiyati ham Zidanniki kabi bo‘larmikan?

Zinedin Zidan
Yana bir ajoyib nomzod. Zizu 2021 yilda “qaymoqranglilar” murabbiylik postini tark etganidan buyon ishsiz. Lekin u “Madrid”ni muvaffaqiyatlar sari yetaklay olishini ikki bor isbotlagan.

Ma’lumot uchun, Zinedin Zidan 2016 yildan 2018 yilga qadar va 2019 dan 2021 yilga qadar “Real” bosh murabbiyi sifatida ishlagan. Fransuz qo‘l ostida jamoa uch marta ketma-ket Chempionlar Ligasi, ikki marta Ispaniya chempionatida zafar quchgan.

Antonio Konte
“Tottenhem”ni tark etganidan so‘ng, Konte hozircha takliflarni qabul qilgani yo‘q. “Shporlar” tarkibidagi muvaffaqiyatsizlikni hisobga olmaganda, Antonio o‘zi ishlagan barcha klublarda sovrinlar qo‘lga kiritgan. Uning ham “Madrid” klubiga kelish ehtimoli yuqori.

Joze Mourinyo
Nega endi yo‘q? Benazir hozircha “Roma”da faoliyat olib bormoqda. Byudjeti kam klubda ham muvaffaqiyatli ishlamoqda. Mourinyo — “Real” afsonasi. Uning qaytishi ikkala tomon uchun ham yaxshi bo‘lishi mumkin.

Maurisio Sarri
Sarri “Lasio” bilan mo‘jizalar yaratmoqda. U jamoani 2022/23 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra, A Seriyada ikkinchi o‘rinni olishiga yordamlashdi. Shuningdek, Sarri “Napoli”da ham juda ajoyib faoliyat olib borgan, “Chelsi” bilan Yevropa Ligasida g‘olib chiqqan va “Yuventus”ning so‘nggi bor skudettoni qo‘lga kiritishida katta rol o‘ynagan.

Imanol Alguasil
Agar Peres La Ligadan biror mutaxassisni ishga jalb qilmoqchi bo‘lsa — Imanol eng munosib nomzod. Bask “Real Sosyedad” bilan o‘tgan mavsum La Ligada 4-o‘rinni egalladi. Shu tariqa uning qo‘l ostidagi jamoa o‘z tarixida beshinchi bor Chempionlar Ligasida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Xabi Alonso
“Madrid”ning sobiq futbolchisi “Bayer”ni boshqarmoqda. Xabi kelishidan oldin Bundesliganing so‘nggi o‘rinlarida borayotgan jamoani, ispaniyalik mutaxassis bir yildan kam vaqt ichida Yevropa Ligasi yarim finaliga qadar olib chiqdi. Bundesligani esa 6-o‘rinda yakunladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:01, 13.07.2023.
O'qildi: 2620 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.