Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/12 01:30 Vilyarreal 1-1 Rayo Valyekano
19/12 01:30 Espanyol 1-1 Valensiya
21/12 00:45 Verona - Milan
21/12 01:00 Jirona - Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa - Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe - Malyorka
21/12 19:00 Torino - Bolonya
21/12 20:00 Brentford - Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich - Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem - Brayton
21/12 20:15 Selta - Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa - Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas - Arsenal
21/12 22:30 Osasuna - Atletik Bilbao

UYEFA tomonidan eng katta jarimaga uchragan klublar

UYEFA tomonidan eng katta jarimaga uchragan klublar

Baho:
+ | -

Futbolda katta va boy klublar ustunlikka erishadi. Bu qudrat moliyaviy barqarorlik bilan chambarchas bog‘langan. Boshqacha qilib aytganda, muvaffaqiyatlarga erishish uchun yaxshigina pulingiz bo‘lishi va uni xarajat qilishingiz kerak. Biroq, harajatlar miqdorini ham chek-chegarasi bor. Bu cheklovni esa "Moliyaviy Feyr Pley" deb atalmish UYEFAning maxsus nazorat qoidalari o‘rnatadi. Qabul qilingan qoidalardan chetga chiqqanlar, qattiq jazolanishi turgan gap. Quyida klublardan qoidabuzarlik uchun UYEFA tomonidan undirilgan eng yirik summalarni bilib olasiz.

10. "Manchester Siti" – 10 million yevro (2020)

Agarda o‘zi ishini biladigan professional huquqshunoslar jamoasining harakatlari bo‘lmaganida, "shaharliklar" bu ro‘yxatni yanada oldi qatorida bo‘lgan bo‘lardi. 2020 yilning fevralidagi tekshiruvlardan keyin "Manchester Siti"ga ikki yillik YECHLdan chetlatish va 30 million yevro jarima tayinlanadi. Sport Arbitraj sudiga raddiya bilan chiqqan ingliz klubi, da’voni mag‘lub etadi. Berilgan jarima keskin kamaytirilib, 10 millionga tushiriladi. YECHL cheklovi esa olib tashlanadi.

9. "Zenit" – 12 million (2014)

Sankt-Peterburg klubi 2014 yilga qadar olti mavsum davomida birorta futbolchisini 1 milliondan ortiqqa sota olmagan edi. Biroq, 2014 yilning yozida "Zenit" 140 million yevroga uchta yulduzni, Aksel Vitsel, Xalk va Salomon Rondonni xarid qiladi. Buni UYEFA, feyr pley qoidalaridan chiqish deb baholab, rus klubiga 12 millionlik jarima belgilaydi.

8. "Milan" – 15 million yevro (2022)

"Milan" uzoq kutilgan chempionligiga 2022 yilda erishgan edi. "Rossoneri"lar bu muvaffaqiyatga shunchaki yetishmagan ekan. Negaki, mavsum davomida qaysidir qoidalar buzilib borgan. Oqibatda, UYEFA "Milan"ga 15 million jarima soladi. Belgilangan pulning 2 millioni oldindan undiriladi. Qolganini esa bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.

7. "Milan" – bir yillik taqiq (2019)

Li Yunxunning klub egasi sifatidagi davri g‘alati kechgan. U 2018 yildan boshlab klubni boshqaradi. Ilk mavsum yakunida jamoa yangi rahbariyat sababli cheklovga tushadi. 2019 yilda "Milan" YELga yo‘llanma oladi. Ammo taqiq sababli musobaqada ishtirok etmaydi. Oqibatda turnirdan keladigan ehtimoliy 21 million yevro ham havoga uchadi.

6. "Yuventus" – 23 million yevro (2022)

Oxirgi paytlarda "Yuventus"ning moliyaviy tizimi UYEFA radari ostiga tushib qolgandi. 2022 yilda tashkilot 4 ta klubga jarima soladi. Ular ichida "Yuventus" bor edi. Turin klubi eng yirik jarimalardan biriga duchor bӯladi.

5. "Inter" – 26 million yevro (2022)

Moliyaviy Feyr pley qoidalari hammaga teng ishlaydi. "Inter"ning sobiq rahbari Massimo Moratti o‘z davrida 1.2 milliard yevroni yangi transferlarga ajratadi. Bu esa ayrim qoidalarni buzilishiga olib keladi. Buning oqibatida qo‘yilgan jarimani hozirgi rahbar bo‘lmish Stiven Chjan to‘lashga majbur bo‘ldi.

4. "Roma" – 35 million yevro(2022)

Joze Mourinyo doimo o‘ziga kerakli bo‘lgan haqiqatlarnigina tilga oladi. 2023 yilgi Yevropa ligasi finaliga qadar "Roma" transferlar uchun 9 million yevrogina sarflagan edi. Ammo Mourinyoning birinchi mavsumi jami 128 million yevrolik xarajat biladi o‘tgan. UYEFA buni ko‘zdan qochirmadi va qilingan ish uchun 35 million yevro oladigan bo‘ldi.

3.  "PSJ" – 60 million yevro (2014)

2012 yilda sobiq UYEFA prezidenti Mishel Platini shunday degandi: "Siz Parijdagi odamlar "PSJ" va Moliyaviy Feyr pley haqida o‘ylaydi deb hisoblasangiz yangishasiz. Parijdagilar shaharda shunday nomdagi klub borligini ham bilmaydi. Bu yer sizga London emas. Bu – Fransiya!".
Shu gaplar aytilgan vaqtda Qatar sarmoyadorlari klubni qo‘lga olgandi. Oradan bir necha yil o‘tib, "PSJ"dagilar katta sarf-xarajatning tovonini to‘lashdi.

2. "Manchester Siti" – 60 million yevro (2014)

Shayx Mansurning klubdagi dastlabki 6 yilida transferlar uchun jami 750 million yevro sarf qilinadi. Bu xarajat esa har yili 30 million zarariga ishlab bordi. Oqibatda Moliyaviy qoidalar "Manchester Siti"ga jarima solish kerak deb topdi. 60 million yevro havoga uchdi.

1. "PSJ" – 65 million yevro (2022)

Siz o‘z harakatlaringizni doimo nazorat qila olmaysiz. Ammo jazo belgilanganidan keyin, ortga nazar tashlab nima bo‘ldi degan savolga javob berish o‘rinli bo‘ladi. "PSJ"ga qo‘llanilgan yirik jarima klub direktori Nosir Al-Xelayfining Yevropa Superligasi loyihasiga bosh qo‘shgani sabab yuz bergan. Ha, klub egalari boy bo‘lgani uchun 65 million dengizdan tomchidir. Ammo Parij klubining obro‘sini ham o‘ylash lozim.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 19:55, 18.07.2023.
O'qildi: 1814 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.