Futbolchilar nafaqat futbol o‘ynashadi, balki ular biznesda ham o‘ziga yarasha faol. Bunga yetarlicha sabablar bor. Avvalo, futbolchilik kasbi juda qisqa davom etadi. Doim ham sizga millionlab dollar maosh to‘lanmaydi. Shu sabab yulduzlar o‘zida bor pullarni to‘g‘ri yo‘naltirib, uzoq vaqtga mo‘ljallangan loyihalar orqali doimiy barqaror moliyaga ega bo‘la oladi. Quyida shu ishni qilgan futbolchilarning ayrimlarini bilib olasiz.
Robbi Fauler
"Liverpul" muxlislari uni "Xudo" deb atashardi. Afsonaviy hujumchi o‘z futbolchilik davrini ajoyib o‘tkazgan. Fauler nafaqaga chiqqanidan keyin ham boyishda davom etdi. Chunki u o‘z pullarini to‘g‘ri yo‘naltirgandi. 2000 yillarning boshida Fauler va uninh do‘sti Stiv Makmanaman kompaniyaga asos soladi. Ushbu faoliyat turi vaqt o‘tishi bilan kengayib bordi. Faulerning boyligi 2017 yilda 30 million funtnj tashkil etgandi.
Maykl Ouen
Ouenni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatadiganlar uni zerikarli odam deb o‘ylashadi. Ammo bunday emas. Aslida sobiq futbolchi jo‘shqin hayotda yashaydi. Ouen futbolchilik davrida ko‘plab reklamalarda suratga tushardi. Bundan tushgan pullarga esa o‘z biznesini qurdi. Ingliz afsonasi otlarga qiziqadi. Shu sababli chopqir otlar savdosini yurita boshladi. Ouen egalik qiladigan otlar dunyo birinchiliklaridan yuqori o‘rinlarni egallay boshladi. O‘tmishda u Ueyn Runiga ot sotgan. Dubay boylari ham ko‘pincha Ouen yetishtirgan otlarni xarid qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, afsonaviy futbolchiga millionlar keltirmoqda.
Ramon Vega
Vega o‘zining "Tottenxem"dagi faoliyati bilan tanish. U London klubi so‘nggi bor sovrin yutganida jamoa bilan birga edi. Garchand futbolda katta narsalarga erisha olmagan bo‘lsa ham, shveysariyalik yarim himoyachi 2006 yilda o‘z kompaniyasini tuzadi. Bu shirkat moliyaviy sotuvlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanar edi. Veganing kompaniyasi 2020 yilda kasotga uchraydi.
Lui Saa
Saa faoliyati davomida "MYU", "Everton" va "Fulxem"da harakat qilgan. Afsuski, hujumchi jarohatlar sababli o‘zini to‘laqonli ko‘rsata olmaydi. Futboldan ketgach, Saa shaxsiy kompaniyasini tuzdi. Bu tashkilot sportchi-atletlarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. 2012 yilda Lui Saa o‘zining ilk kitobini e’lon qilgandi.
Metyu Flamini
Flamini nomi sizga tanish bo‘lmasligi mumkindir. Ammo u "Arsenal" va "Milan"da o‘ynagan. Futbolchi 2019 yilda faoliyatini tugatadi. 2022 yilda sobiq futbolchining umumiy boyligi 11 yarim milliard funt edi. Uning bunday boyishiga "GF Biochemicals" biokimyoviy korporasiyasi sabab bo‘lgan. Bu kompaniya yoqilg‘i o‘rniga qayta tinglanadigan manbalardan energiya olish bilan shug‘ullanadi. Flamini o‘zining shaxsiy jurnaliga ham asos solgan. U Parijda bo‘lib o‘tadigan 2024 yilgi yozgi olimpiadaning rasmiy elchisi maqomiga erishgan.
ISMATOV J.