Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Messi mavsum yakunida kulgili bo‘lgan "oltin qoshiq"ni olishi mumkin – u qanday sovrin?

Messi mavsum yakunida kulgili bo‘lgan "oltin qoshiq"ni olishi mumkin – u qanday sovrin?

Baho:
+ | -

“Inter Mayami” klubi bilan Leo Messi “yog‘och qoshiq” unvoniga asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi. Biroq bu sharafli unvon emas, aksincha.

Avvallari ijtimoiy hayotga aloqador bo‘lgan bu termin ma’lum kolonnaning eng so‘nggi a’zolarini bildirgan. Keyinchalik sportda ham ancha ommalashdi. MLSda "yog‘och qoshiq" chempioni oddiy ligadagi so‘nggi klub hisoblanadi. Shu bilan birga, u nafaqat unvonni, balki haqiqiy mukofotni ham oladi.

• Ushbu ligada g‘olib chiqqan jamoaga sovrin sifatida maxsus qalqon beriladi. U doimiy mavsumda eng ko‘p ochko to‘plagan jamoaga, qoshiq esa eng past ball to‘plagan klubga beriladi.

• U 2015 yilgi mavsum oxiridan taqdim etila boshlangan. Jamoa bu mukofotni oladi va butun mavsum davomida unga egalik qiladi, keyin esa uni boshqa yomonroq jamoaga beradi.

• Birinchi "yog‘och qoshiq" "Chikago Fayr" klubiga berilgan. O‘sha paytda chikagoliklar 34 uchrashuvning atigi 8 tasida g‘alaba qozondi va atigi 30 ochko to‘plagandi - har ikkala konferensiyadagi eng kam ball.

• Keyingi yili ham "Chikago" bu sovrinni saqlab qoldi. Ammo 2017 yilgi mavsum oxirida "Los-Anjeles Gelaksi" klubi ushbu "mukofot" bilan siylandi. Keyin u muqobil ravishda "San-Xose" va "Sinsinnati"ga tegishli bo‘ldi va uning oxirgi egasi "Di Ci Yunayted" hisoblanadi.

• 2020 yilda "yog‘och qoshiq" koronavirus pandemiyasi tufayli hech kimga berilmadi.
• Har yili yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan maxsus konferensiyada o‘sha omadsiz jamoa taqdirlanadi. Eslatib o‘tamiz, MLS mavsumi "bahor-kuz" tizimi bo‘yicha o‘tadi. Qoidaga ko‘ra, u fevraldan dekabrgacha pley-offni hisobga olgan holda davom etadi.

Mukofot qanday yaratilgan ?

“Bir vaqtlar bu klub egalarini sharmanda qilish usuli o‘laroq berilardi. Aslida loyiha "Chikago" ketma-ket ikki marta "qoshiq" yutib olgandan so‘ng boshlangan”, — deydi sovrin yaratuvchisi, "Chikago" muxlisi Den Jiru.

U qo‘shimcha qiladi: “O‘shanda men kollejda dars berganman va marketing bo‘yicha direktor edim. Shunday qilib, loyiha aslida menga tushdi. "Sinsinnati" muxlislar guruhlaridan birining prezidenti Jared Xandra jamoa sovrinni qayta-qayta olganida, unga bo‘lgan munosabati haqida shunday degandi: “Ketma-ket uch yil sovrin yutish ajoyib. Biz qandaydir sovrinni olmoqchi edik. Odamlar dastlab qay darajadagi sovrin ekanligining farqiga bormadilar".

Xandraning aytishicha, jamoa bir marta kubokni yutganida odamlar uni navbatma-navbat ushlab, u bilan suratga tushishdi, raqsga tushishdi. Ha, bu oxirgi o‘rin uchun sovrin edi, lekin unda hech qanday xo‘rlik hissi yo‘q edi. Biroq, Jiru ta’kidlaydi: "Bu shunchaki hazil kubok emas, balki o‘z egalarini sharmanda qila oladigan motivasion vosita bo‘lishi kerak edi. Menimcha, bu ligada muhim – men jamoaning turg‘unligini va muxlislarini yo‘qotayotganini kuzatganman. Bu Endryu Hauptmann davrida "Chikago"da sodir bo‘lgan".

Endi Messi va Xerardo Martinolarni "yog‘och qoshiq" bilan tasavvur qilib ko‘ringchi. "Inter Mayami" haqiqatan ham oxirginchi bo‘lishi mumkinmi?

• Klub 18 ochko bilan Sharqiy konferensiya jadvalida oxirgi o‘rinda bormoqda. “Toronto”da bir ochko ko‘p, ammo yuqoridagi keyingi uchta jamoada birdaniga sakkiz ochko ko‘p. “Toronto” bilan ular baribir farqni qisqartirishi mumkin, garchi “Inter” birinchi davrada ularga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da. Biroq boshqalarga yetib olish oson bo‘lmaydi. G‘arbda "Kolorado" 19 ochko bilan oxirgi o‘rinda bormoqda. Vaziyat shunga o‘xshash - uch ochko ko‘proq to‘plagan "Los-Anjeles Gelaksi" biroz oldinda, qolgan jamoalar kamida yetti ochko oldinda.

• Shu bilan birga, jamoalarning o‘yinlari soni har xil. Masalan, Sharqda eng kam o‘yin o‘tkazgan jamoa “Inter” (22, qolganlarida 23-24), G‘arbdagi "Kolorado"da esa 23 ta o‘yin (masalan, "Kanzas"da hatto 25 ta). Hammasi bo‘lib jamoalar 34 ta o‘yin o‘tkazishadi, demak, "Inter"da vaziyatni to‘g‘irlash uchun 12 ta o‘yin bor.

Umuman olganda bu atama nafaqat futbol, ​​balki regbi, netbol va boshqa sport turlari bo‘yicha AQSHdan tashqari Avstraliya va Yangi Zelandiya chempionatlarida ham ishlatiladi. Mukofot eshkak eshishda ham, suzishda ham beriladi - sportchilarga gigant qo‘g‘irchoqlar ko‘rinishida.

Buyuk Britaniyada esa "yog‘och qoshiqlar" jamiyati 40 yildan beri faoliyat yuritadi - bu nogiron bolalarga yordam beradigan xayriya tashkiloti. U regbi ishqibozlari tomonidan yaratilgan.

Kiritildi: 21:38, 20.07.2023.
O'qildi: 3396 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.