Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Dunyoning eng yaxshi beshta jamoasining butun boshli tarkibi Mbappe uchun arablar beradigan puldan arzonroq turadi. Ishonmaysizmi?

Dunyoning eng yaxshi beshta jamoasining butun boshli tarkibi Mbappe uchun arablar beradigan puldan arzonroq turadi. Ishonmaysizmi?

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni bir mavsum uchun Kilian Mbappega 1 milliard yevro sarflashga tayyor. Bu esa hujumchi, dunyoning eng mashhur jamoalarining tarkibi qiymatidan qimmatroq degani. Bu qanday bo‘ladi? Pro-liganing amaldagi chempionlari bo‘lgan "Al-Hilol" Mbappeni 300 million yevroga sotib oladi. Keyin esa, unga bir mavsum uchun 700 million yevro to‘laydi. Shuningdek, ular hujumchini keyingi yozda tekinga qo‘yib yuboradi. Ana shu tarzda 1 yilda 1 milliard bir futbolchi uchun sarflanadi va bu ayrim klublar tarkibidan qimmatroq qiymatdir. Quyida ularni bilib olasiz.

"Real" – 980 million yevro

"Qirollik klubi" tarkibining qimmatligi bo‘yicha dunyoda "Arsenal", "Manchester Siti" va "PSJ"dan keyingi, uchinchi o‘rinda turadi. La-liga giganti safida Vinisius, Bellingem, Rodrigo, Tchuameni kabi qiymati baland futbolchilar bor. Agarda ularning yoniga Mbappe qo‘shiladigan bo‘lsa, qimmatlik darajasi yanada oshadi.

"Bavariya" – 934 million yevro

Bundesliganing doimiy chempionlari bo‘lgan "Bavariya", tarkibini sekinlik bilan yangilay bordi. Ayni damda "eski firqa" vakillaridan faqatgina Tomas Myuller va Manuel Noyer bor xolos. Ammo ularning narxi qimmat emas. Biroq, tarkibning yosh vakillari bo‘lgan Jamal Musiala, Alfonso Devis va Matteys de Ligt kabi nomlar haqida bunday deyish mushkul.

"Barselona" – 870 million yevro

"Barselona"ning yaqin mavsumlardagi moliyaviy qiyinchiliklari haqida ko‘p gapirildi. Tarkibni boyitish uchun yangi xaridlar qilish kerak. Ammo bu xaridlarni ro‘yxatdan o‘tkazish muammoga aylanishi mumkin. Rahbariyatning progressiv siyosati sababli katta ish haqi oladigan Lionel Messi, Serxio Buskets va Jordi Alba kabi nomlar bilan xayrlashildi. Hozir yoshlarga suyanilmoqda. Xavi jamoasining umumiy tarkib qiymati esa hali milliard yevroga yetmadi.

"Liverpul" – 846 million yevro

Klub rahbariyati Klopp kelganidan beri transferlar uchun jami 666 million yevro sarfladi. Yaqin kunlarda Romeo Laviya uchun yana 45 milliondan voz kechilishi kutilmoqda. Hozirgi tarkib avvalgisiga qaraganda ancha qimmatlashgan. Narxning bunday oshishi, Aleksander-Arnold, Endryu Robertson, Xarvi Elliot va Kyurtis Jonslarning qimmatlashgani bilan izohlanadi.

"MYU" – 845 million yevro

Faqatgina "PSJ", 1 milliard yevrolik o‘lchov bilan, oxirgi davrda tarkibni qayta qurish uchun "Manchester Yunayted"dan ko‘proq pul sarfladi. Ha, klubning o‘ta beqaror o‘yinlari tarkib qiymatiga ta’sir qiladi. Masalan, yirik pulga xarid qilingan Antoni, Jeydon Sancho va Xarri Maguayr hali ham tanqid qilinadi. Ammo jamoada, akademiyadan chiqqan Reshford va Garnacho kabi qiymatli vakillar ham mavjud.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 07:01, 27.07.2023.
O'qildi: 11243 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.