"Everton" hujumchi xarid qilmoqchi. Xabarlarga ko‘ra, "Lester Siti" futbolchisi Kelechi Ixeanacho mersisaydliklar radariga tushgan.
Jamoa bosh murabbiyi Shon Daych Nigeriya terma jamoasi a’zosini Kalvert-Lyuinga raqobat uyishtirish uchun taklif etishni niyat qilgan.
Ayni damda Ixeanacho 15 million funtga baholanmoqda. U "Lester" safida 270 ta o‘yinda 76 ta golga mualliflik qilgan.