"Sautgempton" futbolchisi "Liverpul"ga o‘tishga ko‘ndirildi. Xabarlarga ko‘ra, Yurgen Klopp Romeo Laviyani o‘zi qurayotgan loyihada qanchalik muhim ekanini tushuntirgan. 19 yoshli yarim himoyachi 50 million funtga baholanmoqda.
U uchun tez fursatlarda "Liverpul" 45 million funt taklif qilishi kutilmoqda. Avvalroq mersisaydliklarning 37 millionlik taklifi "Sautgempton" tomonidan rad etilgandi. Laviya uchun "Chelsi" ham kurashmoqda.