Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

"Yangi Messi" – bu shunchaki maqtovmi?

"Yangi Messi" – bu shunchaki maqtovmi?

Baho:
+ | -

Lamin Yamal (Barselona U-19)

O‘ng qanot vingeri | 16 yosh

Transfer narxi: Yo‘q

Reyting | FIFA 23 dagi potensial - 67 | 89

Yamalning asosiy xususiyati qo‘rqmaslikdir: Lamin, har qanday imkoniyatda, zarbaga ko‘tarilib, o‘yin ritmini egallashga harakat qiladi. Bu shunchaki yoshlikdagi to‘p bilan o‘zini ko‘rsatish istagi emas – Yamal amalda to‘pni yo‘qotmaydi va qo‘pollik sodir bo‘lgan taqdirda ham deyarli yiqilib tushmaydi (Xavi, ayniqsa, oyoqda mustahkam turish qobiliyatini alohida ta’kidlagan). Shu bilan birga, yigitcha o‘yin holatini to‘g‘ri baholaydi va agar keyingi harakat umidsiz bo‘lsa, u hech qanday muammosiz driblingdan bosh tortadi va to‘p uzatish orqali hujumda davom etadi.

To‘liq qobiliyati, texnikasi va o‘yin zakovati "Barselona" kabi dominant jamoa uchun ajoyib imkoniyatdir. Lamin darvozani deyarli har doim aniq nishonga oladi, lekin jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berishga berilib ketmaydi - u nozik paslar berishni, qarshi hujumlarni shakllantirishni biladi va bosim ostida esankirab qolmaydi. Yaratilgan vaziyatlarning ajoyib yakuni ham "Barsa" uchun bonusdir.

La Masiadan chiqqan, driblingga moyil, chap oyoqli o‘ng qanot vingeri Messini eslatib yubormoqda. Taqqoslash o‘z-o‘zidan ravshan, lekin aslida Yamal Doniell Malenning takomillashtirilgan versiyasiga ko‘proq o‘xshaydi. U ikkala qanotda ham, hujum markazida ham o‘ynay oladi, o‘ng qanotda o‘ynashni afzal ko‘radi, buning ustiga tezkor driblingchi. Ammo gollandiyalikdan farqli o‘laroq, u ancha yaxshi pas beradi, pozision hujumlarda ko‘proq imkoniyat yaratadi va o‘yinni yaxshiroq o‘qiydi - Kataloniya maktabi ta’sir qiladi.

Yamalning o‘yin uslubini ko‘rib organizm bunga bardosh berishi qiyin deyish mumkin. U Ansu Fati va Usmon Dembele timsolida futbolchini jarohatlar olamidagi qanday qiyin hayot kutib turganini ham his qilishi kerak. Yigitchada super top bo‘lish uchun barcha imkoniyatlar mavjud, ammo buning uchun u ham jismonan, ham ruhiy jihatdan formadan chiqib ketmasligi kerak.

Yamal "Barselona" bilan 2026 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Yaqin kelajakda Lamin, albatta, hech qayerga ketmaydi va asta-sekin asosiy tarkibga jalb qilingan holda Kataloniya yoshlar jamoasida o‘ynaydi. Ideal holda, u Gavi, Alexandro Balde va Ansu Fati bilan birga sevimli jamoasida abadiy qolib, klubdagi yangi avlodning yuziga aylanishi kerak.

Kiritildi: 10:59, 30.07.2023.
O'qildi: 7788 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.