Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Pau Torres: «APL muhitiga ilhaqman»

Pau Torres: «APL muhitiga ilhaqman»

Baho:
+ | -

«Vilyarreal» klubi va Ispaniya milliy jamoasidagi barqaror o‘yinlari bilan muxlisu-mutaxassislar e’tirofiga erishgan himoyachi Pau Torres so‘nggi yillar deyarli barcha top-klublardan takliflar oldi.

Lekin 26 yoshli futbolchi sobiq ustozi Unai Emeriga ergashib, kamtarin «Aston Villa»ni tanladi yakunda. Birmingem klubi ushbu universal himoyachi transferi yo‘lida 37,5 million yevrodan voz kechdi va u bilan birdaniga 5 yillik shartnoma tuzdi. Mahalliy VillaTV kanali esa darhol Pauni suhbatga tortib, muxlislarni qiziqtirayotgan ko‘plab savollarga javob olishga urindi.

- Pau, «Aston Villa»ga xush kelibsan. Avvalo, ilk taassurotlar bilan o‘rtoqlashsang...

- Xush ko‘rdik. Bag‘oyat xursandman. Umid qilamanki, bu o‘tish faoliyatimda hal qiluvchi burilish, oldinga tashlangan qadam bo‘ladi. Bunga to‘liq tayyor edim, «Aston Villa» safiga qo‘shilganimdan aslo afsuslanmayman. Endi APLda o‘ynash imkoniyatidan maksimal darajada foydalanishni xohlayman.

- Qiziq, «Aston Villa» loyihasi va klubning o‘zi nimasi bilan jalb qildi?

- Gap o‘tgan yili katta sur’at bilan rivojlana boshlagan loyiha haqida ketmoqda. Boshqaruv Emeriga topshirilganidan so‘ng jamoa APLda chinakamiga jangga kirishdi va yakunda yevrokuboklarga yo‘l oldi. O‘ylaymanki, bu «Villa» uchun oldinga tashlangan katta qadam. Hammasi jamoa yildan-yilga yaxshilanishga intilayotganidan dalolat. Albatta, bo‘lajak mavsum ham turnir jadvalida yanada yuqoriroqqa ko‘tarilishdan umidvorman.

- Unai Emerini juda yaxshi bilasan. Bosh murabbiy bilan alohida gaplashgandirsan... Sir bo‘lmasa, aynan qaysi masalalarni muhokama qildinglar?

- Ha, boss bilan allaqachon bafurja suhbatlashdim, u asosan «Aston Villa» loyihasi mohiyatini tushuntirdi va meni bunga qiziqtirib qo‘ydi. Ilk suhbatda shunchaki, transfer ehtimoli haqida gaplashgandik va o‘shandayoq APLga ko‘chib o‘tish uchun yaxshi variant yuzaga kelganini tushundim. Mana, endi shu yerdaman. Hozir ishga kirishish va bor qobiliyatimni namoyish etish onlarini sabrsiz holda kutyapman.

- O‘zi Angliya va APLda o‘ynash nimani anglatadi?

- Tushunarliki, APL - dunyodagi eng kuchli ligalardan biri. Bu men uchun - yangi tajriba. APLda o‘ynash qandayligini biladigan yangi klubdoshlarim va ko‘plab tanishlarim hammasini o‘zgacha ta’riflashmoqda. Ayniqsa, muxlislar, stadionlar haqida juda yaxshi gaplar eshitdim. Endi shu go‘zal muhit ichiga tushish va bundan boricha rohatlanishga ilhaqman.

- Yangi jamoada biror futbolchini yaqindan taniysanmi?

- Aleks Morenoni yaxshi bilaman. Bu yerga kelishdan oldin u bilan ham gaplashdim, albatta. Tabiiyki, Aleks­ning jamoada, kiyinish xonasida ekanligi menga moslashuv jarayonida juda qo‘l keladi. Har holda, undan klub va dastlabki davr tajribasi haqida bemalol so‘rashim mumkin.

- Yevropa miqyosida eng yuqori darajada xalqaro tajribaga ham egasan. Yangi klubingni esa oldinda yevrokubok o‘yinlari ham kutmoqda. Bunga nechog‘li tayyorsan?

- Ha, shu kunga qadar deyarli har yili «Vilyarreal» bilan yevrokuboklarda o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ldim. Bu yurish Angliyada ham davom etishi yoqimli. Albatta, qobiliyatim bilan jamoaning yuqori darajaga ko‘tarilishiga iloji boricha ko‘proq hissa qo‘shmoqchiman. «Aston Villa» loyihasiga ko‘ra, klub yevrokuboklarda muntazam o‘ynashi kerak. To‘g‘ri, bu yil jamoaga oson bo‘lmasligi tayin, lekin barchasiga tayyorman, tabiatan murakkab sinovlarni yoqtiraman.

- «Villa Park» arenasi va klub muxlislari haqida nimalarni eshitding?

- Stadion har hafta dam olish kunlari muxlislar bilan deyarli to‘lishini bilaman. Aytishlaricha, o‘yin vaqti butun shahar futboldan nafas oladi. Birmingemda abonementga ariza berganlar ro‘yxati chipta egalarinikidan uzunroq ekanligini aytishdi. Shuning o‘zi «Villa» muxlislari armiyasi kuchidan dalolat. Ma’lumot berishlaricha, stadionni kengaytirish harakati boshlangan - bu ulkan ish. Qisqasi, aytish mumkinki, butun Birmingem hamisha jamoa bilan birga.

- Oxirgi savol: yangi mavsumga qaratilgan shaxsiy va jamoaviy ambisiyalaring qanday?

- Meni APLdagi debyut mavsum kutmoqda. Tabiiyki, tezroq moslashish, boshidan iqtidorimni to‘liq namoyish etishni xohlayman. Jamoaviy maqsad - o‘tgan mavsum boshlangan sur’atni yanada oshirganimizni ko‘rsatish. Shuningdek, Yevropa maydonlarida ham bor kuchimizni ishga solamiz, o‘zimizni aslo ayamaymiz. To‘g‘ri, qit’a miqyosida kuchli jamoa­larga qarshi o‘ynaymiz va ularning har biriga hurmat bilan qarashimiz shart. Menimcha, bizda  ham ajoyib tarkib bor va ancha uzoqqa borishimiz mumkinligini yaxshi bilamiz.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:45, 01.08.2023.
O'qildi: 1393 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.