"Nant" darvozaboni Alban Lafon faoliyatini Portugaliyada davom ettirishi mumkin.
Ouest-France xabariga ko‘ra, 24 yoshli fransiyalik futbolchiga "Sporting" qiziqmoqda. Agar u ketsa, "Nant" "Nyu-Inglend Revolyushn"dan Jorj Petrovichni qo‘lga kiritishga harakat qiladi.
Lafonning amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 16 million yevroga baholamoqda.













