"Barselona" futbolchisi Xulian Arauxo "Las-Palmas"ga ijaraga berildi.
21 yoshli himoyachi kelasi mavsumda La Ligada o‘ynaydigan "Las-Palmas"ga ko‘chib o‘tdi.
Uning ijara shartnomasi 2024 yil 30 iyungacha amal qiladi.
"Barselona" Xulian Arauxoni 2023 yilning qishida "Los-Anjeles Gelaksi"dan to‘rt million yevroga sotib olgan edi.













