Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real Sosyedad" Silva transferini kelishib oldi

"Real Sosyedad" Silva transferini kelishib oldi

Baho:
+ | -

“Leypsig” hujumchisi Andre Silva faoliyatini “Real Sosyedad”da davom ettiradi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, tomonlar 27 yoshli futbolchini 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga berish bo‘yicha kelishib olgan.

Silva o‘tgan mavsumda "buqalar" safida 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Portugaliya terma jamoasi futbolchisini 15 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 14:01, 02.08.2023.
O'qildi: 870 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.