Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Ha, bu o‘sha Arda Turon...

Ha, bu o‘sha Arda Turon...

Baho:
+ | -1

Yevrofutbol markazida rosa yayragan turkiyalik Arda Turon professional faoliyatini o‘tgan yili yakunlagandi.

Asosan «Atletiko» va «Barselona»dagi yorqin o‘yinlari bilan tanilgan sobiq vinger qisqa vaqtda mutlaqo «bosh­qa odamga aylangandek». Har holda, butsalarini mixga ilganiga hali 1 yil ham bo‘lmagan futbolchini  bir qarashda tanish juda mushkul hozir...

Arda Turon samarali faoliyatini o‘tgan yilning sentyabr oyida to‘xtatdi. «Galatasoroy» uning uchun oxirgi professional klub bo‘lganini qo‘shimcha qilish joiz. Turon Turkiya chempionatiga yo‘l olishiga qadar 5 mavsum davomida «Barselona» sharafini himoya qilgan va 55ta o‘yinda 15ta gol urish asnosida La Liga chempio­ni maqomiga erishgan, qolaversa, Ispaniya kubogini 2 marta boshi uzra baland ko‘targan edi. Arda Turkiya milliy jamoasi tarixida ham yorqin iz qoldirdi. Deylik, mamlakat bosh jamoasi safida 100 marta maydonga tushgan vinger eng samarador futbolchilar ro‘yxatida kuchli 5talikka kirdi, shuningdek, turklarning Yevro-2008 yarim finaliga chiqishlariga katta hissa qo‘shdi.

36 yoshli Arda Turon endilikda Turkiya chempionati Ikkinchi divizioni ishtirokchisi «Eyupspor» klubini boshqarmoqda. Jamoa mashg‘ulotlari jarayo­nida olingan surati yaqinda ijtimoiy tarmoqlar mulkiga aylandi. Fotoga qarasak, Ardaning soqoli allaqachon oqarib ketgani ko‘rinadi. «Tvitter» foydalanuvchilari esa bu kadrdan hayratdalar. Ba’zilari ushbu surat Turonga tegishli ekanligiga ishonolmayotganlarini ham bayon etishdi. Axir Arda aslida Lionel Messi bilan tengdoshdir. Mana, ba’zi izohlarga e’tibor qarating:

- Yo‘q, u 46 yoshni urib qo‘ygan ko‘rinadi.

- Yo‘q, bo‘lishi mumkin emas.

- Akaxon hayotida uchinchi 10 yillikni o‘tkazib yuborib, darhol to‘rtinchi dekadaga sakragandek. 

- Bu o‘sha Arda emas, aniq!

- Bu Jerar Butler.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:57, 06.08.2023.
O'qildi: 2776 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик