"Napoli" himoyachisi Mario Rui rahbariyatga agar boshqa klubdan taklif tushsa, u klubni tark etishni xohlashini aytdi, deb xabar beradi jurnalist Janulka Di Marsio.
32 yoshli portugaliyalikning amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 8 million yevroga baholamoqda.













