Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

"Chelsi" yangi titul homiy topdi

"Chelsi" yangi titul homiy topdi

Baho:
+1 | -

2023/24-yilgi mavsum oldidan “Chelsi” nihoyat yangi titul homiysi borasida bir qarorga keldi.

Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» o‘zining yangi uy libosini old tomonida homiylik emblemasi bo‘lmagan holda taqdim etishga majbur bo‘lgandi, chunki «ko‘klar»ning Three telekommunikasiya kompaniyasi bilan shartnomasi o‘tgan mavsum oxirida yakuniga yetgan va yangi homiy izlashni boshlab yuborgandi.

"Chelsi" bir necha bor yangi homiylik shartnomasini imzolashga yaqin edi, biroq Paramount Plus, Stake.com, Allianz va boshqa kompaniyalar bilan kelishuvlar turli sabablarga ko‘ra muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Shunga qaramay, 2023/24 yilgi mavsum boshlanishidan oldin "Chelsi"ning titul homiysi bo‘ladi. Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, London klubi AQSHning Infinite Athlete kompaniyasi bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘lgan.

Infinite Athlete - barcha sport turlari uchun texnologiya platformasini ishlab chiqadigan innovasion kompaniya. Kompaniyaning mahsulotlari sport musobaqalarini tomosha qilish, ma’lumotlarni chuqur tahlil qilish va hatto jarohatlarni bashorat qilish imkonini beradi.

Ayni damda yiliga 40 million funt sterlingdan ko‘proq maosh oluvchi shartnoma allaqachon kelishib olindi va Premyer-liga tomonidan tasdiqlanishi kutilmoqda.

Maurisio Pochettino jamoasi yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan "Liverpul"ga qarshi Premyer-liga o‘yinida yangi titul homiysi tushirilgan futbolkalarda bo‘ladi.

Kiritildi: 14:54, 09.08.2023.
O'qildi: 2999 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик