Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

APL klublarining bir yillik maosh paketlari: "MYU" hali ham peshqadamlik qilmoqda

APL klublarining bir yillik maosh paketlari: "MYU" hali ham peshqadamlik qilmoqda

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" o‘z futbolchilari uchun to‘laydigan bir yillik maosh to‘plami "Luton Taun"nikiga qaraganda 35 martaga ko‘proq. Bu borada "qizil iblislar" yetakchilikni bermay kelmoqda. "Manchester Siti" sardori Kevin De Bryuyne esa Angliyada eng ko‘p maosh oladigan futbolchi. Uning bir o‘zi "Luton Taun" futbolchilari oladigan puldan to‘rt marta ko‘proq maoshga ega.
Yangi mavsumda ham maosh berish masalasida "MYU" yetakchilik qiladi. Ikkinchi o‘rinda esa "Manchester Siti" qayd etiladi. Treblga erishgan jamoa bir yilda 200 million funtni maoshlarga sarflaydi. Bu qiymatning katta qismi Erling Xoland va Kevin De Bryuynega tegishlidir. Ro‘yxatning uchinchi pog‘onasida "Arsenal" qayd etiladi. London klubi bu yozda yirik xaridlarni amalga oshirib, ularga katta maosh belgilagan edi.

"Chelsi" kelayotgan mavsumni yevrokuboklarsiz o‘tkazishi ma’lum bo‘lgan. Shunga qaramay, bu jamoa 160 millionni bir yilda maosh sifatida tarqatadi. Todd Boeli klubi yangi futbolchilar sotib olmoqda. Shunga qaramay, jamoaning maosh xarajatlari qisqargan. Negaki, bu yozda Kante, Maunt, Kulibali, Kovachich, Xavers, Pulishich, Obameyang va Aspilikueta kabi taniqli nomlar bilan xayrlashildi. Ularning maoshi xarajatlarning katta qismini egallardi. Shuningdek, aynan shunday trendni "Liverpul" misolida ham kuzatdik. Garchand tarkibda Muhammad Saloh va Virjil van Deyk kabi yirik haq to‘lanadigan nomlar bo‘lsa ham, yoz davomida ko‘plab yulduzlar bilan xayrlashildi. Xenderson, Milner, Fabinyo, Aleks, Keyta va Firminolarning ketishi "Liverpul"ni maosh masalasida APL klublari ichida beshinchi o‘ringa tushirdi.

Kuchli oltilikni "Tottenxem Xotspur" yakunlaydi. Shunga qaramay, "shporlar"ga "Aston Villa" va "Nyukasl Yunayted" juda yaqin kelgan. Bu jamoalar ham yiliga 100 million funtdan ortiq pulni maoshlarga sarf etadi. "Everton" so‘nggi ikki mavsum davomida APLdan tushib ketishga yaqin kelmoqda. Ammo klub maosh borasida futbolchilarini siylashni davom ettiradi. Mersisaydliklardan farqli ravishda, "Brentford" va "Brayton" oxirgi yillarda ajoyib o‘tkazdi. Ammo ular maoshlar uchun bor-yo‘g‘i, mosh ravishda 34 hamda 46 million funtni sarflamoqda.
Quyida to‘liq ro‘yxat bilan tanishasiz (ko‘rsatkich million funt-sterlingda).

1. "MYU" – 209 680 000
2. "Manchester Siti" – 201 422 000
3. "Arsenal" – 179 400 000
4. "Chelsi" – 160 394 000
5. "Liverpul" – 144 560 000
6. "Tottenxem" – 120 276 000
7. "Aston Villa" – 104 520 000
8. "Nyukasl Yunayted" – 101 816 000
9. "Everton" – 84 152 000
10. "Vest Xem Yunayted" – 81 640 000
11. "Nottingem" – 59 140 000
12. "Fulxem" – 57 174 000
13. "Vulverxempton" – 54 050 000
14. "Kristal Pelas" – 53 086 000
15. "Brayton" – 46 934 000
16. "Bornmut" – 43 394 000
17. "Brentford" – 34 346 000
18. "Byornli" – 22 958 000
19. "Sheffild Yunayted" – 14 162 800
20. "Luton Taun" – 5 836 000

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 20:51, 09.08.2023.
O'qildi: 2128 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.