Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Rasman! "Barselona" futbolchisi Saudiya klubiga transfer bo‘ldi

Rasman! "Barselona" futbolchisi Saudiya klubiga transfer bo‘ldi

Baho:
+ | -

“Barselona” yarim himoyachisi Frank Kessie Saudiyaning “Al-Ahli” klubi bilan shartnoma imzoladi.

Saudiya klubi 26 yoshli ivuarlik futbolchining transferi haqida ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

Kessie o‘tgan yozdan beri "Barselona"da harakat qilayotgan edi. U kataloniyaliklar safida 43 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bungacha yarim himoyachi “Milan”, “Atalanta”, “Chezena” va “Stella” klublarida to‘p tepgan.

Oldinroq “Al-Ahli” yozgi transfer oynasida Roberto Firmino, Riyod Maxrez, Allan Sen-Maksimen va Eduar Mendi bilan shartnoma imzolagandi.

Kiritildi: 00:01, 10.08.2023.
O'qildi: 3124 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.