«Real» rahbariyati «Sevilya» darvozaboni Yassin Bununing transferi borasida muzokaralarni boshlagan.
Madridliklar jarohat sababli uzoq muddatga safdan chiqqan posbon Tibo Kurtuaning o‘rnini aynan Bunu bilan to‘ldirishni maqsad qilishgan.
«Real» 3 sababga ko‘ra Yassinning nomzodiga to‘xtaldi:
1) tajriba (32 yosh)
2) bo‘y (192 sm)
3) g‘oliblik mentaliteti (Evropa ligasida 2 marta g‘alaba qozongan, JCH-2022da yarim finalgacha yetib borgan).