"Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi Riko Lyuis jamoasining yangi mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha APLning 1-turida “shaharliklar” safarda “Byornli”ni yirik 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
"Manchester Siti"ning maqsadi - yana trebl yutish yoki kvadruplni qo‘lga kiritish. Bir marta g‘alaba qozonish yaxshi, lekin biz harakat qilayotgandek ruhda davom etishimiz kerak", - dedi Lyuis.
APLning 1-turida "Byornli"ga qarshi o‘yinda Lyuis ilk daqiqalardanoq chap himoyachi pozisiyasida maydonga tushdi. O‘tgan mavsumda Riko Premyer-ligada 14 ta o‘yinda maydonga tushgandi.