Cadena SER jurnalisti Gonsalo Alvaresning so‘zlariga ko‘ra, "Real Madrid" kiyinish xonasi yangi bosh murabbiy sifatida Joze Mourinyodan ko‘ra "Liverpul" sobiq ustozi Yurgen Kloppni afzal ko‘rmoqda.
Ayni damda klub prezidenti Florentino Peres Alvaro Arbeloaning o‘rnini egallaydigan mutaxassis qidiruvi bilan band. Klopp va Mourinyo bu borada asosiy nomzodlar bo‘lib turibdi.
"Klopp Mourinyoga qaraganda ancha ommabop nomzod. Mourinyo — portlashga tayyor turgan bombadek gap. O‘ziga xos tartib-qoida va kuchli "ego"larga ega kiyinish xonasiga u kabi insonning kelishi darhol nizolarga sabab bo‘lishini futbolchilar yaxshi tushunishadi," — deydi jurnalist.
"Florentino Kloppning kelishi katta hayajon va ko‘tarinkilik uyg‘otishini biladi. Biroq u shuni ham biladiki, agar Mourinyo kelsa, oradan uch hafta o‘tar-o‘tmas, uning atrofidagi shov-shuvlar hammani avvalgi muammolarni unutishga majbur qiladi."
"Har qanday murabbiy o‘z ishiga katta mehnat sarflaydi, lekin bunga erishish yo‘llari turlicha. Ehtimol, Mourinyoning usuli Kloppnikiga qaraganda agressivroqdir."













