"Pari Sen-Jermen" klubi hujumchisi Neymar faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishga yaqin turibdi.
Insayder Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, 31 yoshli braziliyalik futbolchi borasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda. Ar-Riyod klubi transferni 24 soat ichida rasmiylashtirishga harakat qiladi.
Avvalroq, Neymar yangi klubida yiliga 80 million yevro ishlab topishi ma’lum bo‘lgandi.













