Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 0-1 Arsenal

Viyeyra: "Arsenal"dan hafsalam pir bo‘ldi"

Viyeyra: "Arsenal"dan hafsalam pir bo‘ldi"

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi va Londonning «Arsenal» klubi sobiq yarim himoyachisi Patrik Viyeyra «kanonirlar» va «Manchester Siti» o‘rtasidagi o‘yin yakunlangach, o‘z fikrlarini bildirdi.

APLning 33-turidan o‘rin olgan ushbu bahs Pep Gvardiola shogirdlarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Arsenal»dan juda qattiq xafa bo‘ldim, chunki ular xuddi raqib kutgandek o‘yin ko‘rsatishdi», — dedi Viyeyra Sky Sports efirida. Shuningdek, ekspert «Manchester Siti» muhim o‘yinlarga ko‘proq ko‘nikkan jamoa sifatida harakat qilganini ta’kidladi.

"Siti" futbolchilari bu vaziyatni ancha yaxshi uddalashdi. Jamoa ikkinchi bo‘limni ham ishonchli boshladi. Ezening zarbasi darvoza ustuniga tekkanida raqibda tashabbus paydo bo‘lgandek edi, biroq Xolandning goli o‘yin oqimini butunlay o‘zgartirib yubordi».

Ayni damda «Arsenal» 33 o‘yindan so‘ng 70 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi «Manchester Siti» esa 32 o‘yinda 67 ochko jamg‘argan.

Kiritildi: 23:23, 19.04.2026.
O'qildi: 2165 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик