Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Abduqodir Husanovning «Arsenal»ga qarshi o‘yindagi statistikasi

Abduqodir Husanovning «Arsenal»ga qarshi o‘yindagi statistikasi

Baho:
+3 | -

Angliya chempionatining navbatdagi turi doirasida Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi «Manchester Siti» jamoasi o‘z maydonida «Arsenal» klubini qabul qildi. Mazkur uchrashuv 2:1 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

E’tiborli jihati, mazkur muhim bellashuvda hamyurtimiz Abduqodir Husanov ishtirok etib, maydonda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. Stadion.uz vakilimizning ushbu uchrashuvda qayd etgan statistik ko‘rsatkichlarini taqdim etadi.

Abduqodir Husanov o‘yin davomida yuqori samaradorlik namoyish etdi. Xususan, uning uzatgan paslari aniqligi 93 foizni tashkil etdi (42 tadan 39 ta aniq). Shuningdek, himoyachi bo‘lishiga qaramay, raqib darvozasi oldida 2 ta xavfli vaziyat yaratdi va bir bor zarba yo‘lladi.

Himoya va duellardagi ko‘rsatkichlar: Vakilimiz himoyada ham ishonchli harakat qilib, 5 marotaba to‘pni xavfli zonadan chiqarib yubordi («clearance») hamda 3 bor raqibdan to‘pni olib qo‘yishga erishdi. Shuningdek, yerdagi duellarning 100 foizida (1/1) va havodagi kurashlarning yarmida g‘olib chiqdi.

Ahamiyatlisi, Husanov bahs davomida biror marta ham to‘p yo‘qotmadi va o‘yin qoidasini buzmadi.

Uchrashuv statistikasi: Abduqodir Husanov

  • To‘pga teginishlar: 57 bor;

  • Aniq uzoq paslar: 2/4;

  • To‘pni qaytarib olishlar: 4 ta;

  • Bloklar: 1 ta.

Kiritildi: 09:00, 20.04.2026.
O'qildi: 3697 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик