"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta o‘rtoqlik o‘yinida "Jirona"ni 4:1 hisobida mag‘lub etganidan so‘ng, London klubining transfer faoliyati haqidagi jurnalistlarning savollariga javob berdi.
"Vinisius qachon keladi?" degan savolga javoban ispaniyalik murabbiy kulib, "rahmat" dedi. Keyin u "Arsenal" transfer bozorida faol ishtirok etayotganini va jamoani yaxshilash ustida ishlayotganini tushuntirdi.
Murabbiydan Xulian Alvaresning transferi haqida ham so‘raldi. Arteta shunday javob berdi: "Men klubimiz o‘yinchisi bo‘lmagan futbolchi haqida gapirmayman".
Arteta shuningdek, hujumchi Viktor Dyokeresh "Arsenal"da qolishini tasdiqladi.













