Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/06 01:00 Angliya 4-2 Xorvatiya
18/06 04:00 Gana 1-0 Panama
18/06 07:00 O‘zbekiston 1-3 Kolumbiya
18/06 21:00 Chexiya 1-1 JAR
18/06 23:59 Shveysariya 4-1 Bosniya-Gertsegovina
19/06 03:00 Kanada 6-0 Qatar
19/06 06:00 Meksika 1-0 Janubiy Koreya
19/06 23:59 AQSh - Avstraliya
20/06 03:00 Shotlandiya - Marokash
20/06 05:30 Braziliya - Gaiti
20/06 08:00 Turkiya - Paragvay
20/06 22:00 Niderlandiya - Shvesiya

«Gerta» - Dardailar oilaviy jamoasi!

«Gerta» - Dardailar oilaviy jamoasi!

Baho:
+ | -

Ikkinchi Bundesliga startida futbolda juda kam kuzatiladigan holat ro‘y berdi.

«Gerta» safida 3 nafar aka-uka futbolchi maydonga tushdi - Marton, Palko va Bens Dardai. Yana bir tomoni, Berlin jamoasi boshqaruvi katta Dardai qo‘lida. Xullas, asli vengriyalik Pal Dardai «Fortuna»ga qarshi o‘yinda 3 nafar o‘g‘lini jangga tashladi.

Pal Dardai 1-tur o‘yinida o‘rtancha o‘g‘li - himoyachi Martonni boshlang‘ich tarkibga kiritdi. To‘ng‘ich o‘g‘li - hujumchi Palko Dardai esa 29-daqiqada jarohatlangan Marten Vink­ler o‘rnini egalladi va yakunda kenjatoy - yarim himoyachi Bens ham safga qo‘shildi (78-daqiqada Paskal Klemens o‘rniga). Hammasi yaxshi, faqat oilaviy kvadrupl «Gerta»ning mag‘lubiyatdan qutqarolmadi - 0:1. 

* 47 yoshli Pal Dardai - «Gerta» afsonasi va rekordchisi. Bundesligada jamoa uchun 286 marta maydonga tushgan sobiq futbolchi 11 yildan buyon (butun murabbiylik faoliyati) Berlin drujinasi tizimida ishlamoqda. 

* 24 yoshli Palko Dardai o‘tgan yili Vengriya milliy jamoasida debyut qildi. 

* 21 yoshli Marton bundan 3 yil oldin, Bruno Labbadiya davridayoq «Gerta» asosiy tarkibiga kirgandi. Muxlislar uni klubning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etishdi. 

* 17 yoshli Bens aynan «Fortuna» bilan bahs orqali professional futbolga qadam tashladi

So‘z

- «Gerta» tarkibidagi 24 nafar futbolchi ham men uchun o‘g‘il maqomida. Palko shunchaki, ulardan biri. Marton va Bens haqida ham shu gap... Pal Dardai («Gerta» bosh murabbiyi).

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:28, 14.08.2023.
O'qildi: 1117 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик